Virtual qabulxona

+998 95 044-23-45 +998 95 048-23-45

info@fjsti.uz fmioz@mail.ru

ish vaqti:

Dush-Shan,9:00-17:00

Urologiya va onkologiya kafedrasi

Bosh sahifa

Urologiya va onkologiya kafedrasi

Urologiya va onkologiya kafedrasi

Kafedra tarixi
2022-yildan boshlab Davolash ishi yo‘nalishida mutaxassislik va maxsus fanlarni o‘qitish yo‘lga qo‘yilishi munosabati bilan “Urologiya va onkologiya” kafedrasi tashkil etildi. Kafedra Respublika ixtisoslashgan urologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Farg‘ona filiali hamda Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Farg‘ona viloyati filiallari negizida faoliyat yuritib kelmoqda.
Bugungi faoliyat
Hozirgi kunda “Urologiya va onkologiya” kafedrasi Davolash ishi, kasbiy ta’lim va tibbiy profilaktika ishi yo‘nalishlari talabalari uchun mutaxassislik fanlarini o‘qitishga ixtisoslashgan bo‘lib, o‘quv, o‘quv-uslubiy, ilmiy-tadqiqot hamda amaliy yo‘nalishlarda samarali faoliyat olib bormoqda.
Kafedrada quyidagi fanlar o‘qitiladi:
  1. Urologiya
  2. Klinik urologiya
  3. Onkologiya
  4. Siydik-tanosil tizimi kasalliklari
  5. Erkaklar reproduktiv salomatligi
  6. Siydik-tanosil tizimi o‘smalari
  7. Ishlab chiqarish amaliyotlari
Professor-o‘qituvchilar tarkibi
2025-o‘quv yili holatiga ko‘ra kafedrada jami 21 nafar professor-o‘qituvchi faoliyat yuritib, shundan 9 nafari asosiy shtatda, 12 nafari ichki va tashqi o‘rindoshlik asosida ish olib bormoqda. Kafedrada 2 nafar fan doktori hamda 1 nafar fan nomzodi faoliyat yuritadi.
Kafedraning asosiy shtat bo‘yicha ilmiy salohiyati taxminan 14 %ni, ichki va tashqi o‘rindoshlarni hisobga olgan holda esa 10 %ni tashkil etadi. Joriy o‘quv yilida kafedraning 2 nafar xodimi falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun mustaqil izlanuvchilikka hujjat topshirgan.
Kafedraga 2020-yildan buyon tibbiyot fanlari doktori, professor F.Y. Yuldashev rahbarlik qilib kelmoqda.
Yuldashov Fayzulla Yuldashovich
Tibbiyot fanlari doktori, professor
“Urologiya va onkologiya” kafedrasi mudiri
Yuldashov Fayzulla Yuldashovich 1956-yil 27-martda Qirg‘iziston Respublikasi, O‘sh shahrida tug‘ilgan. Ma’lumoti bo‘yicha mutaxassisligi — vrach-urolog.
Ta’limi
1978-yil — Qirg‘iz davlat tibbiyot instituti
Mehnat faoliyati
Fayzulla Yuldashovich ko‘p yillik mehnat faoliyatini sog‘liqni saqlash va tibbiy ta’lim tizimiga bag‘ishlagan. Umumiy ish staji 44 yilni, ilmiy va pedagogik ish staji 30 yilni tashkil etadi. Jumladan, pedagogik faoliyati 20 yil bo‘lib, kafedra professori lavozimida 8 yildan buyon samarali faoliyat yuritib kelmoqda.
Hozirgi kunda Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot institutining “Urologiya va onkologiya” kafedrasi mudiri lavozimida ishlamoqda.
Ilmiy daraja va unvonlari
1992-yil — tibbiyot fanlari nomzodi
1998-yil — tibbiyot fanlari doktori
Fayzulla Yuldashovich 1998-yilda Ikkinchi Toshkent davlat tibbiyot instituti huzuridagi №D.087.09.01 ixtisoslashgan Kengashda «Заболеваемость мочекаменной болезнью в Узбекистане и пути её снижения» mavzusida 14.00.40 — Urologiya ixtisosligi bo‘yicha doktorlik dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qilgan (Diplom 04 №000887, 1999-yil 15-aprel).
Ilmiy va pedagogik faoliyati
Professor Yuldashov uzoq yillar davomida urologiya va onkologiya sohalarida ilmiy-tadqiqot ishlari olib borib, tibbiyot sohasiga malakali mutaxassislar tayyorlashda, yosh olimlarga ilmiy rahbarlik qilishda hamda amaliy sog‘liqni saqlash tizimini rivojlantirishda munosib hissa qo‘shib kelmoqda.
Yigitaliyev Alisher Baxodir o‘g‘li
Urologiya va onkologiya kafedrasi assistenti
Mutaxassisligi — onkolog
Yigitaliyev Alisher Baxodir o‘g‘li 1991-yil 13-fevralda Farg‘ona viloyati, Bag‘dod tumanida tug‘ilgan.
Ta’limi
2018-yil — Toshkent tibbiyot akademiyasi (bakalavr)
2021-yil — Toshkent tibbiyot akademiyasi (magistratura)
Mehnat faoliyati
Mehnat faoliyatini 2018-yilda Bag‘dod tumani tibbiyot birlashmasida umumiy amaliyot shifokori sifatida boshlagan. Keyingi yillarda So‘x tumani tibbiyot birlashmasida amaliy faoliyat olib borgan hamda Toshkent tibbiyot akademiyasining Onkologiya kafedrasida magistrant sifatida tahsil olgan.
2021–2023-yillarda Farg‘ona jamoat salomatligi institutida mas’ul rahbarlik lavozimlarida faoliyat yuritgan.
2023-yil 4-sentabrdan buyon Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti “Urologiya va onkologiya” kafedrasi assistenti lavozimida faoliyat olib bormoqda.
Avazxanov Jaloliddin Payzilidinovich
Urologiya va onkologiya kafedrasi katta o‘qituvchisi
Tibbiyot fanlari nomzodi
Mutaxassisligi — urolog, onkolog, UZI shifokori, bolalar urolog-andrologi
Avazxanov Jaloliddin Payzilidinovich 1982-yil 11-aprelda Qirg‘iziston Respublikasi, Osh viloyati, Aravon qishlog‘ida tug‘ilgan.
Ta’limi
2005-yil — O‘sh davlat universiteti tibbiyot instituti
Mehnat faoliyati
Jaloliddin Payzilidinovich mehnat faoliyati davomida Rossiya Federatsiyasining Sankt-Peterburg shahridagi yetakchi tibbiyot muassasalarida vrach-urolog hamda bo‘lim mudiri lavozimlarida faoliyat yuritgan.
2019–2023-yillarda I.I. Mechnikov nomidagi Shimoliy-G‘arbiy davlat tibbiyot universitetida aspiranturada tahsil olgan.

2024-yildan buyon Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti “Urologiya va onkologiya” kafedrasi katta o‘qituvchisi lavozimida samarali faoliyat olib bormoqda.


Ergashov Umar Shuxrat o‘g‘li
Urologiya va onkologiya kafedrasi assistenti
Mutaxassisligi — vrach-urolog
Ergashov Umar Shuxrat o‘g‘li 1985-yil 31-martda Toshkent viloyati, Toshkent tumanida tug‘ilgan.
Ta’limi
2011-yil — Toshkent tibbiyot akademiyasi
Mehnat faoliyati
2011–2013-yillarda Moskva shahridagi Urologiya ilmiy-tadqiqot institutida klinik ordinaturada tahsil olgan. Keyingi yillarda davlat hamda xususiy tibbiyot muassasalarida vrach-urolog sifatida amaliy faoliyat olib borgan.

2022-yil 5-sentabrdan buyon Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti “Urologiya va onkologiya” kafedrasi assistenti lavozimida faoliyat yuritib kelmoqda.


Abdurashidov Axrorjon Axmatjon o‘g‘li
Urologiya va onkologiya kafedrasi assistenti
Mutaxassisligi — urolog
Abdurashidov Axrorjon Axmatjon o‘g‘li 1994-yil 30-oktabrda Farg‘ona viloyati, Marg‘ilon shahrida tug‘ilgan.
Ta’limi
2020-yil — Dnepropetrovsk tibbiyot akademiyasi
Mehnat faoliyati
2020–2022-yillarda klinik ordinaturada tahsil olgan. Shundan so‘ng xususiy tibbiyot muassasalarida vrach-urolog sifatida amaliy faoliyat yuritgan.

2022-yil 3-oktabrdan buyon Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti “Urologiya va onkologiya” kafedrasi assistenti lavozimida faoliyat olib bormoqda.


Ergashov Umar Shuxrat o‘g‘li
Urologiya va onkologiya kafedrasi assistenti
Mutaxassisligi — vrach-urolog
Ergashov Umar Shuxrat o‘g‘li 1985-yil 31-martda Toshkent viloyati, Toshkent tumanida tug‘ilgan.
Ta’limi
2011-yil — Toshkent tibbiyot akademiyasi
Mehnat faoliyati
2011–2013-yillarda Moskva shahridagi Urologiya ilmiy-tadqiqot institutida klinik ordinaturada tahsil olgan. Shundan so‘ng davlat hamda xususiy tibbiyot muassasalarida vrach-urolog sifatida amaliy faoliyat yuritgan.

2022-yil 5-sentabrdan buyon Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti “Urologiya va onkologiya” kafedrasi assistenti lavozimida faoliyat olib bormoqda.


Saloxiddinov Eldor Shuxratjon o‘g‘li
Urologiya va onkologiya kafedrasi assistenti
Mutaxassisligi — vrach-urolog
Saloxiddinov Eldor Shuxratjon o‘g‘li 1994-yil 12-avgustda Farg‘ona shahrida tug‘ilgan.
Ta’limi
2019-yil — Andijon davlat tibbiyot instituti
2021-yil — Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti (ordinatura, urologiya)
Mehnat faoliyati
Mehnat faoliyatini 2019-yilda Farg‘ona shahar 3-oilaviy poliklinikasida boshlagan. 2020–2022-yillarda urologiya yo‘nalishida ordinaturada tahsil olgan.
2021–2023-yillarda xususiy tibbiyot muassasasida vrach-urolog sifatida amaliy faoliyat yuritgan.
2023-yil 28-martdan buyon Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti “Urologiya va onkologiya” kafedrasi assistenti lavozimida faoliyat olib bormoqda.

Saminov Tohirbek To‘lqinjon o‘g‘li
Urologiya va onkologiya kafedrasi assistenti
Mutaxassisligi — vrach-urolog, androlog
Saminov Tohirbek To‘lqinjon o‘g‘li 1995-yil 26-martda Farg‘ona viloyati, Farg‘ona tumanida tug‘ilgan.
Ta’limi
2020-yil — Andijon davlat tibbiyot instituti
2023-yil — Toshkent tibbiyot akademiyasi
Mehnat faoliyati
Mehnat faoliyati davomida Farg‘ona va Toshkent shaharlaridagi davlat hamda xususiy tibbiyot muassasalarida vrach-urolog sifatida faoliyat yuritgan.
2020–2023-yillarda Toshkent tibbiyot akademiyasida magistratura bosqichida tahsil olgan.
2023-yil 1-sentabrdan buyon Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti “Urologiya va onkologiya” kafedrasi assistenti lavozimida faoliyat olib bormoqda.

Valiyev Husan Toxirovich
Urologiya va onkologiya kafedrasi assistenti
Mutaxassisligi — vrach-urolog, endourolog
Valiyev Husan Toxirovich 1987-yil 20-fevralda Farg‘ona viloyati, Beshariq tumanida tug‘ilgan.
Ta’limi
2012-yil — Andijon davlat tibbiyot instituti (bakalavr)
2015-yil — Andijon davlat tibbiyot instituti (magistratura)
Mehnat faoliyati
2015-yilda Andijon tumani tibbiyot birlashmasiga qarashli markaziy ko‘p tarmoqli poliklinikada vrach-urolog sifatida faoliyat boshlagan.
2016-yildan Farg‘ona shahar markaziy ko‘p tarmoqli poliklinikasida vrach-urolog bo‘lib ishlagan.
2016–2018-yillarda “ABBOTT Laboratories Ltd” farmatsevtik kompaniyasida tibbiy konsultant sifatida faoliyat yuritgan.
2018–2024-yillar davomida Fayzulla Yuldashev nomli xususiy tibbiyot markazida vrach-urolog lavozimida ishlagan.
2024-yil 9-yanvardan buyon Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti “Urologiya va onkologiya” kafedrasi assistenti lavozimida faoliyat yuritib kelmoqda.
Umurzakov Jamshidbek Jamolitdin o‘g‘li
Urologiya va onkologiya kafedrasi stajor-o‘qituvchisi
Mutaxassisligi — urolog
Umurzakov Jamshidbek Jamolitdin o‘g‘li 1994-yil 29-sentabrda Farg‘ona shahrida tug‘ilgan.
Ta’limi
2021-yil — Andijon davlat tibbiyot instituti (bakalavr)
2024-yil — Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti (magistratura)
Mehnat faoliyati
2022–2024-yillarda Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Farg‘ona filialida amaliy faoliyat yuritgan.
2024-yil 4-sentabrdan buyon Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti “Urologiya va onkologiya” kafedrasi stajor-o‘qituvchisi lavozimida ishlamoqda.
KAFEDRANING ILMIY-TADQIQOT ISHLARI
Pediatriya fakultetining Urologiya va Onkologiya kafedrasida 21 nafar xodim faoliyat yuritadi. Kafedraning barcha xodimlari kafedra va institut miqyosidagi ilmiy-tadqiqot ishlarida faol ishtirok etadi.
Hozirgi kunda kafedrada:
  • 2 nafar fan doktori (DSc): Yuldashov F., Nasirov F.
  • 1 nafar fan nomzodi (PhD): Avazxanov J.P.
  • 2 nafar tayanch doktorant izlanuvchi: Yigitaliyev A., Saminov T.
Kafedraning ilmiy-tadqiqot ishlari quyidagi yo‘nalishlarda olib borilmoqda: yosh avlodni mustaqillik g‘oyalariga sadoqat ruhida tarbiyalash, yoshlarning huquqiy madaniyatini shakllantirish, zamonaviy tibbiyot fanining falsafiy muammolari, O‘zbekiston davlatchiligi tarixining turli jihatlari.
Urologiya va Onkologiya kafedrasida kafedra mudiri boshchiligida ilmiy-tadqiqot ishlariga alohida e’tibor qaratilmoqda. Kafedra xodimlari muntazam ilmiy ish olib borib, o‘z bilim va salohiyatlarini oshirib kelmoqda.
So‘nggi yillardagi natijalar
So‘nggi 5 yil ichida kafedra xodimlari tomonidan 200 dan ortiq ilmiy ishlar nashr etilgan, jumladan:
  • 3 ta o‘quv qo‘llanma
  • 4 ta monografiya
  • 13 ta elektron dastur
  • Yetakchi respublika va xalqaro jurnallarda 50 dan ortiq maqolalar
  • 20 ga yaqin o‘quv-uslubiy qo‘llanma va tavsiyanomalar
Nashr etilgan o‘quv qo‘llanmalar, o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar va tavsiyanomalar tibbiyot oliy ta’lim muassasalari talabalari uchun qo‘shimcha adabiyot sifatida foydalanib kelinmoqda.
Kafedra xodimlari ko‘plab respublika va xorijiy anjumanlar, konferensiyalarda o‘z ilmiy ishlari bo‘yicha doklad va tezislari bilan faol qatnashmoqda.
Talabalar ilmiy faoliyati
Farg‘ona Jamoat Salomatligi Tibbiyot Instituti “urologiya va onkologiya” kafedrasida talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyati “Yosh urologlar” nomli talabalar ilmiy to‘garagi orqali yo‘lga qo‘yilgan. To‘garak faoliyati Samarqand Davlat Tibbiyot Universitetida bo‘lib o‘tgan xalqaro va respublika miqyosidagi talabalar ilmiy-amaliy konferensiyalari doirasida alohida yig‘ilishlar tashkil etish orqali amalga oshirilmoqda. Unda talabalar urologiya va onkologiya sohasidagi dolzarb muammolar hamda zamonaviy tibbiyot yondashuvlari bo‘yicha ilmiy tadqiqot ishlarini tayyorlab, respublika tanlovlariga faol ishtirok etib kelishmoqda. To‘garak faoliyati urologiya va onkologiya yo‘nalishlariga qiziquvchi barcha talabalarni o‘z ichiga oladi. A’zolar o‘z yutuqlari bilan rag‘batlantirilib, kafedra bilan hamkorlikda faol ilmiy muhitda ishlashmoqda.

 


KAFEDRA MA‘NAVIY-MA‘RIFIY ISHLARI


KAFEDRA OCHIQ DARSLARI