Toza muhit — sog‘lom hayot garovi!
EKO FAOL TALABALAR LOYIHASI AMALDA
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025-yil 18-iyundagi 226-son buyrugʻi ijrosi yuzasidan Fargʻona jamoat salomatligi tibbiyot institutida “Eko faol talabalar” loyihasi doirasida Qurbon hayiti munosabati bilan obodonlashtirish ishlari tashkil etildi.

Talabalar va masʼul xodimlar ishtirokida institut hududi hamda "Janatmozor" qabristoni hududlarida tozalash, ko‘kalamzorlashtirish va tartibga keltirish ishlari olib borildi. Mazkur tadbir orqali atrof-muhitni asrash, ekologik madaniyatni oshirish hamda ozodalikka rioya qilish targ‘ib etildi.



Русский
English