Kredit-modul tizimi-oliy ta’limda sifat va samaradorlik garovi
Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot institutida Biotibbiyot muhandisligi, biofizika va axborot texnologiyalari kafedrasi tomonidan “Oliy o‘quv yurtlarida kredit-modul tizimida ta’lim olish maqsadi va vazifalari” mavzusida mahorat darsi o‘tkazildi. Mazkur dars kafedra assistenti E. Valitov tomonidan “Biotibbiyot muhandisligi” yo‘nalishida ta’lim olayotgan 1-bosqich talabalari uchun tashkil etildi.
Kredit-modul tizimining mohiyati
Kredit-modul tizimi — bu talabalarning bilim, ko‘nikma va malakalarini baholashda ularning mustaqil o‘qish faoliyati, fanga bo‘lgan qiziqishi va o‘zlashtirish darajasini aniqlashga yo‘naltirilgan ilg‘or o‘qitish modeli hisoblanadi. Ushbu tizim xalqaro tajriba asosida joriy etilib, talabalarga o‘z bilimini erkin rejalashtirish, fanlarni tanlashda moslashuvchanlik va o‘z ta’lim yo‘lini mustaqil shakllantirish imkoniyatini yaratadi.
Darsning maqsadi va mazmuni
Mahorat darsining asosiy maqsadi — talabalarga kredit-modul tizimi asosida o‘qishning afzalliklari, baholash mezonlari va shaffoflik tamoyillari haqida amaliy bilim berishdan iborat bo‘ldi. Dars davomida quyidagi masalalarga alohida e’tibor qaratildi:
Kredit-modul tizimining asosiy tamoyillari (shaffoflik, raqobatbardoshlik, uzluksizlik);
Talabaning o‘quv yuklamasini ECTS (European Credit Transfer System) standartlariga muvofiq baholash;
Reyting tizimi va oraliq nazorat shakllari orqali bilimni baholash usullari;
Mustaqil ta’lim soatlarini samarali tashkil etish.
Amaliy faoliyat va muhokama
Dars jarayonida talabalarga kredit-modul tizimi asosidagi baholash misollari ko‘rsatildi, kredit yig‘ish, modul yakunlari bo‘yicha reyting hisoblash tartibi va talabaning individual o‘quv yo‘nalishini shakllantirish mexanizmlari amaliy misollar yordamida tushuntirildi. Talabalar o‘z fikrlarini bildirgan holda, tizimning afzalliklari va amaliy qo‘llanishi yuzasidan faol muhokama olib bordilar.
Dars yakunida E.A.Valitov dars yakunida kredit-modul tizimi nafaqat ta’lim jarayonining sifatini oshirish, balki talabalarning mustaqil fikrlashi, ijodiy yondashuvi va mas’uliyatini rivojlantirish uchun ham keng imkoniyatlar yaratishini ta’kidladi. Mazkur tizim joriy etilishi natijasida oliy ta’limda xalqaro standartlarga mos, kompetensiyaga yo‘naltirilgan o‘qitish amaliyoti shakllanmoqda.

Русский
English
