“Yashil hudud” ko‘chat ekish aksiyasi tashkil etildi
Institut talaba-yoshlari o‘rtasida ekologik madaniyatni shakllantirish, atrof-muhitni asrashga mas’uliyatli munosabatni kuchaytirish hamda yashil tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida “Eko faol yoshlar” loyihasi doirasida “Yashil hudud” ko‘chat ekish aksiyasi tashkil etildi.

Mazkur tadbirda Davolash ishi fakultetining Eko faol guruh talabalari hamda fakultet mas’ul tyutorlari faol ishtirok etdilar.
Aksiya davomida institutning kirish hududiga mevali va manzarali ko‘chatlar ekildi. Talabalar ko‘chat ekish, ularni parvarish qilish hamda hududni obodonlashtirish ishlarida faol qatnashdilar.
Ushbu tadbir yoshlar qalbida tabiatga mehr, ekologik mas’uliyat va atrof-muhitni asrash madaniyatini yanada mustahkamlaydi.



Русский
English