Virtual qabulxona

+998 95 044-23-45 +998 95 048-23-45

info@fjsti.uz fmioz@mail.ru

ish vaqti:

Dush-Shan,9:00-17:00

Ekofaol yoshlar loyihasi

Bosh sahifa

Ekofaol yoshlar loyihasi

Ekofaol yoshlar loyihasi

 “Ekofaol yoshlar” loyihasi

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 28-yanvardagi 34-son qarori “Yo‘l xaritasi”ning 6-bandida oliy ta’lim tizimida “Sog‘lom avlod – millat kelajagi” va “Ekofaol yoshlar” loyihalarini amalga oshirish vazifalari belgilangan. Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2026-yil 6-apreldagi yuqorida ko'rsatilgan vazifalar ijrosini ta'minlash maqsasdida 2026-yil 8-aprel kuni “Ekofaol yoshlar” loyihasining ochilish marosimi bo'lib o'tdi. Tadbir davomida “Ekologiya va inson salomatligi” mavzusida tayyorlangan qisqa videorolik namoyish etildi. Mazkur videorolikda global ekologik muammolar — havo ifloslanishi, suv resurslarining kamayib borishi, chiqindilar muammosi hamda ularning inson salomatligiga salbiy ta’siri keng yoritildi. Videorolik talaba-yoshlar ongida ekologik muammolarga befarq bo‘lmaslik, tabiatni asrashga mas’uliyat bilan yondashish zarurligini yanada mustahkamladi.

 

“Yashil hudud” aksiyasi

“Ekofaol yoshlar” loyihasi doirasida 2026-yil 8-aprel kuni  eko faol yoshlar ishtirokida tashkil etilgan “Yashil hudud” aksiyasi tabiatni asrash, atrof-muhitni yanada obod qilish hamda yoshlar orasida ekologik madaniyatni oshirishga qaratilgan muhim tashabbuslardan biri bo‘ldi. Ushbu loyiha doirasida institut talabalari faol ishtirok etib, o‘z hissalarini qo‘shdilar. Aksiya davomida institut hududi hamda uning atrofidagi bo‘sh va yashillikka muhtoj joylarda turli xil manzarali va mevali daraxt ko‘chatlari ekildi. Ekofaol talabalar tomonidan amalga oshirilgan ushbu ishlar nafaqat hududning ko‘rkamligini oshirdi, balki ekologik muvozanatni saqlash, havoni tozalash va kelajak avlod uchun sog‘lom muhit yaratishga xizmat qiladi. Tadbir jarayonida talabalarga ko‘chat ekish qoidalari, ularni parvarish qilish, sug‘orish va asrash bo‘yicha ham amaliy tushunchalar berildi. Bu esa yoshlarning ekologik bilimlarini yanada boyitib, tabiatga nisbatan mas’uliyat hissini kuchaytirdi. “Yashil hudud” aksiyasi doirasida amalga oshirilgan ishlar kelgusida ham davom ettirilishi rejalashtirilgan bo‘lib, yanada ko‘proq yoshlarni ushbu ezgu tashabbusga jalb etish maqsad qilingan. Bunday ekologik loyihalar orqali yoshlar nafaqat bilim va ko‘nikmalarini oshiradi, balki jamiyatda faol fuqarolik pozitsiyasini namoyon etadi.

 

Toza kampus” hashari

“Ekofaol yoshlar” ishtirokida  2026-yil 9-aprel kuni institut miqyosida keng qamrovli ekologik tadbir – “Toza kampus” hashari tashkil etildi. Mazkur hasharda institutning barcha fakultetlari,  talaba-yoshlari faol ishtirok etdilar. Tadbir davomida institut hududi, o‘quv binolari atrofi, fakultetlar, sport maydonchalari hamda talabalar turar joylari hududlari tozalanib, obodonlashtirish ishlari amalga oshirildi.

 

Ekologiya va salomatlik" mavzusida soha mutaxassislari bilan uchrashuv

2026-yil 13-aprel kuni Pediatriya fakultetida "Ekofaol yoshlar" loyihasi doirasida "Ekologiya va salomatlik" mavzusida soha mutaxassislari bilan uchrashuv bo'lib o'tdi. Tadbirda fakultet dekani M.Zokirov, dekan o‘rinbosari G.Hamraqulova, tyutorlar, Ekologiya boshqarmasi bosh mutaxassisi R.Yusupov, inspektor I.Ayubjonov hamda talaba-yoshlar ishtirok etdi. Mutaxassislar so‘zga chiqib, ekologiyaning zararlanishini oldini olish hamda yashil makonni asrash yuzasidan talabalarga tushunchalar berib o'tdilar. Talabalar tomonidan berilgan savollarga mutaxassislar tomonidan batafsil javoblar qaytarildi.

 

Eng faol ekoguruh tanlovi

“Ekofaol yoshlar” loyihasi doirasida “Eng faol ekoguruh” tanlovi o'tkazildi. Tanlov davomida ishtirokchilar ekologik tashabbuslar, chiqindilarni saralash, hududlarni obodonlashtirish, ko‘kalamzorlashtirish ishlari hamda turli targ‘ibot tadbirlarini amalga oshirish orqali o‘z faolliklarini namoyon etdilar. Har bir jamoa o‘zining ijodiy yondashuvi va tashabbuskorligi bilan ajralib turdi. Tanlov yakunlariga ko‘ra eng faol va tashabbuskor ekoguruhlar aniqlanib, g‘olib jamoa a’zolari oliy ta’lim muassasasi rahbariyati tomonidan munosib taqdirlandi. G‘oliblarga faxriy yorliqlar va esdalik sovg‘alari topshirilib, ularning sa’y-harakatlari yuqori baholandi. Mazkur tanlov talabalarning ekologik mas’uliyatini oshirish, ularni jamiyatda faol fuqarolik pozitsiyasini egallashga undash hamda atrof-muhitni asrash borasida amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etdi.