Internaturaga hujjat topshirish-2025
2025/2026-o‘quv yilida Birlamchi maqsadli ixtisoslashtirish kurslari internaturaga qabul jarayoni 15.08.2025-15.09.2025
Internaturaga hujjat qabul qilish jarayoni medtoifa.ssv.uz axborot tizimi orqali faqat elektron shaklda joriy yilning 15-avgustidan 15-sentyabr kuni (shu kuni ham)gacha amalga oshiriladi.
Tanlov jarayoni onlayn translyatsiya, audio va video kuzatuv nazorati ostida shu yilning 18–19-sentyabr kunlari test sinovlari shaklida Tibbiyot va farmatsevtika xodimlarining malakasini baholash markazi hamda uning hududiy bo‘limlari tomonidan o‘tkaziladi.
Test sinovi jarayonlari Markazning rasmiy veb-sayti tmbm.ssv.uz da onlayn translyatsiya qilib boriladi.