Ekofaol yoshlar loyihasi (navbatdagi bosqich)
Sog‘lom avlod – millat kelajagi “Ekofaol yoshlar” loyihasining ochilish marosimi
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 28-yanvardagi 34-son qarori “Yo‘l xaritasi”ning 6-bandida oliy ta’lim tizimida “Sog‘lom avlod – millat kelajagi” va “Ekofaol yoshlar” loyihalarini amalga oshirish vazifalari belgilangan. Yuqorida ko'rsatilgan vazifalar ijrosini ta'minlash maqsasdida 2026-yil 27-aprel kuni “Ekofaol yoshlar” loyihasining ochilish marosimi bo'lib o'tdi. Loyihasi doirasida institutda kelgusida ekologik aksiyalar, ko‘chat ekish tadbirlari, hududlarni obodonlashtirish ishlari, ekologik targ‘ibot va volontyorlik faoliyatlarini keng yo‘lga qo‘yish rejalashtirildi. Mazkur loyiha yoshlarning ekologik ongini shakllantirish, ularning jamiyat hayotidagi faolligini oshirish hamda atrof-muhitni asrashga qaratilgan muhim tashabbus sifatida ahamiyat kasb etadi.

"Yashil hudud" ko'chat ekish aksiyasi hamda “Toza kampus” hashari
2026-yil 27 aprel kuni “Ekofaol yoshlar” loyihasi doirasida Davolash ishi fakulteti dekanati, tyutorlar hamda ko‘ngilli talabalar ishtirokida "Yashil hudud" ko'chat ekish aksiyasi hamda “Toza kampus” hashari tashkil etildi. Institut hududi hamda uning atrofida obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari amalga oshirildi. Tadbir davomida talabalar o‘rtasida tabiatga ehtiyotkorona munosabatda bo‘lish, atrof-muhitni asrash, yashil hududlarni kengaytirish va ekologik mas’uliyatni oshirish g‘oyalari targ‘ib qilindi. Institut hududi va unga tutash joylarda daraxt hamda gul ko‘chatlari ekildi, mavjud yashil maydonlar parvarishlandi, hududlar chiqindilardan tozalandi va obodonlashtirildi.


Tabiatni asrash bolalikdan boshlanadi
Tabiatni asrash — bu faqat bugunning emas, balki kelajak avlodning ham taqdiriga daxldor muqaddas burchdir. Har bir ekilgan daraxt — hayot nafasi, har bir ozoda maskan — inson salomatligi, har bir ezgu tashabbus esa yorqin kelajak sari tashlangan qadamlardir. 2026-yil 2-may kuni Tibbiy profilaktika va jamoat salomatligi fakulteti talabalari tyutor D.Qodirova mas'ulligida DMTT ga tashrif buyurib jajji bolajonlarni tabiatga mehr, ona zaminga ehtirom va kelajak avlod oldidagi mas’uliyatimiz ekanligini yana bir bor ko'rsatib berishdi. Inson va tabiat azal-azaldan bir-biri bilan chambarchas bog‘liq. Musaffo havo, zilol suv, yam-yashil tabiat — bularning barchasi bizga Yaratganning bebaho ne’matidir.

"Ekologiya va salomatlik" mavzusida uchrashuv
2026-yil 11-may kuni "Ekofaol yoshlar" loyihasi doirasida "Ekologiya va salomatlik" mavzusida soha mutaxassislari bilan uchrashuv bo'lib o'tdi. Tadbirda dekan o‘rinbosarlari, tyutorlar hamda talaba-yoshlar ishtirok etdi. Mutaxassislar ekologiyaning zararlanishini oldini olish hamda yashil makonni asrash yuzasidan talabalarga tushunchalar berib o'tdilar. Mutaxassislar tomonidan bugungi kunda ekologik muammolarni oldini olish, havoning ifloslanishini kamaytirish, chiqindilarni to‘g‘ri saralash va qayta ishlashning ahamiyati haqida tushunchalar berildi. Shuningdek, yoshlarni tabiatga mehr-muhabbat ruhida tarbiyalash, daraxt ekish va yashil makonlarni kengaytirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida ham so‘z yuritildi. Tadbir davomida talabalar ekologik madaniyatni shakllantirish, sog‘lom turmush tarzini olib borish hamda tabiatni asrash bo‘yicha o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan mutaxassislarga murojaat qildilarTalabalar tomonidan berilgan savollarga batafsil javoblar qaytarildi.

"Toza kompus" umumxalq hashari
2026-yil 11-may kuni Tibbiy profilaktka va jamoat salomatligi fakulteti talabalari tyutorlar mas'ulligida "Eko faol yoshlar" loyihasi doirasida "Toza kompus" umumxalq hashari tashkil etdilar.

"Ekologiya va salomatlik" mavzusida tadbir
2026-yil 11-may kuni institut talaba-yoshlari o‘rtasida ekologik madaniyatni shakllantirish, atrof-muhitni asrashga mas’uliyatli munosabatni kuchaytirish hamda yashil tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida Tibbiy profilaktika va jamoat salomatligi fakultetida "Eko faol yoshlar" loyihasi doirasida "Ekologiya va salomatlik" mavzusida tadbir tashkil etildi.

“Yashil hudud” ko‘chat ekish aksiyasi
2026-yil 12-may kuni institut talaba-yoshlari o‘rtasida ekologik madaniyatni shakllantirish, atrof-muhitni asrashga mas’uliyatli munosabatni kuchaytirish hamda yashil tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida “Eko faol yoshlar” loyihasi doirasida “Yashil hudud” ko‘chat ekish aksiyasi tashkil etildi. Mazkur tadbirda Davolash ishi fakultetining Eko faol guruh talabalari hamda fakultet mas’ul tyutorlari faol ishtirok etdilar. Aksiya davomida institutning kirish hududiga mevali va manzarali ko‘chatlar ekildi. Talabalar ko‘chat ekish, ularni parvarish qilish hamda hududni obodonlashtirish ishlarida faol qatnashdilar. Ushbu tadbir yoshlar qalbida tabiatga mehr, ekologik mas’uliyat va atrof-muhitni asrash madaniyatini yanada mustahkamlaydi.


“Ekologiya va salomatlik” seminari
2026-yil13-may kuni institut talaba-yoshlari o‘rtasida ekologik madaniyatni shakllantirish, atrof-muhitni asrashga mas’uliyatli munosabatni kuchaytirish hamda yashil tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida “Eko faol yoshlar” loyihasi doirasida “Ekologiya va salomatlik” mavzusida seminar tashkil etildi. Mazkur seminarda Davolash ishi fakulteti talabalari hamda guruh tyutorlari faol ishtirok etdilar. Seminar davomida ekologik muammolarning inson salomatligiga ta’siri, atrof-muhitni muhofaza qilish, chiqindilarni kamaytirish, yashil hududlarni kengaytirish hamda sog‘lom turmush tarzini shakllantirish kabi dolzarb masalalar muhokama qilindi. Tadbirda talabalarga ekologik madaniyatni yuksaltirish, tabiatga ehtiyotkorona munosabatda bo‘lish hamda kundalik hayotda ekologik mas’uliyatni oshirish bo‘yicha tushunchalar berildi. Mazkur seminar talaba-yoshlarning ekologik bilimlarini boyitish, ularni atrof-muhitni asrashga faol jalb etish hamda sog‘lom va yashil kelajak sari mas’uliyatli yondashuvni shakllantiradi.


Eko toza mahalla
Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti Tibbiy profilaktika va jamoat salomatligi fakulteti tyutori D.Qodirova tomonidan "Eko faol yoshlar" loyihasi doirasida volontyor talaba qizlar ishtirokida mahallalarda targ'ibot tashviqot ishlari olib borildi.

Eko faol yoshlar” loyihasi doirasida yakuni
2026-yil 18-may kuni institut talaba-yoshlari o‘rtasida ekologik madaniyatni shakllantirish, atrof-muhitni asrashga mas’uliyatli munosabatni kuchaytirish hamda yashil tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida “Eko faol yoshlar” loyihasi doirasida yakuniy taqdirlash tadbiri tashkil etildi. Tadbirda,Davolash ishi fakultetining Eko guruh a’zolari hamda loyiha davomida faol ishtirok etgan eko faol talabalar taqdirlandilar. Loyiha davomida talabalar ko‘chat ekish, hududlarni obodonlashtirish, ekologik targ‘ibot ishlarini olib borish, atrof-muhitni muhofaza qilish hamda yoshlar orasida ekologik madaniyatni keng targ‘ib etishda faol ishtirok etdilar. Yakuniy tadbir Institut “Ijtimoiy fanlar kafedrasi” hamkorligida olib borilib faol va tashabbuskor talabalar munosib e’tirof etilib, ularga institutning tashakkurnoma hamda esdalik sovg‘alari topshirildi.

.jpg)

Русский
English