Fakultet va gospital jarrohlik kafedrasi

-
Kafedrada jami 21 nafar professor-o‘qituvchi faoliyat yuritadi:
-
14 nafar asosiy ish o‘rinlarida (1 nafar tibbiyot fanlari doktori (DSc), 1 nafar tibbiyot fanlari nomzodi, 1 nafar tibbiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD))
-
9 nafar ichki o‘rindoshlik asosida (1 nafar tibbiyot fanlari doktori (DSc), 1 nafar tibbiyot fanlari nomzodi, 1 nafar tibbiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD))
-
5 nafar tashqi o‘rindoshlar (1 nafar tibbiyot fanlari nomzodi)
-


Tibbiyot fanlari nomzodi

kafedrasi assistenti

kafedra assistenti

O‘quv qo‘llanma,
(ilmiy maqola)
(ilmiy maqola)
(ilmiy maqola)
-
ilmiy to‘garaklarda faol ishtirok etib, qo‘shma ilmiy-amaliy anjumanlarda qatnashadilar;
-
respublika va xalqaro jurnallarda maqolalar chop ettiradilar;
-
nufuzli konferensiya va anjumanlarda ishtirok etadilar;
-
O‘zbekiston va xalqaro fan olimpiadalarida qatnashib, faxrli o‘rinlarni egallaydilar.
Kafedra ma’naviy-ma’rifiy ishlari
Kafedrada ma’naviy-ma’rifiy faoliyatlar tasdiqlangan yillik reja asosida tizimli ravishda amalga oshiriladi.
Asosiy ma’naviy-ma’rifiy yo‘nalishlar:
“Vatan uchun, xalq uchun, millat uchun”mavzusida maʼruza lar matni, taqdimot va roliklar asosida barcha taʼlim muassasalarida “Mustaqillik darsi”ni oʻtkazish;


Ma’naviy-ma’rifiy faoliyatning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
- “1-kurs maktabi”tadbirlarini oʻtkazish. Talabalarga ustoz-murabbiylarni biriktirish, murabbiylarni uslubiy materiallar bilan taʼminlash.
- Talabalarga institut Ustavi, Ichki tartib qoidalari, “Odob-axloq qoidalari” mazmun-mohiyatini tushuntirish
- Fakultetlarda 1-kursga qabul qilingan talabalar bilan “Men tanlagan mutaxassislik” mavzusida davra suhbatlarini oʻtkazish.
- Yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash, giyohvandlik, ichish, chekishga qarshi kurash, toʻgʻri ovqatlanish, sogʻlomlashtirish dasturlarini hayotga tatbiq etishga qaratilgan turkum tadbirlar oʻtkazish.
- Professor-oʻqituvchilar, ishchi-xodimlar va talaba-yoshlarning huquqiy ongi va madaniyatini oshirish, ularni turli jinoiy harakatlardan asrash hamda turli huquqbuzarliklar, jinoiy harakatlarning oldini olish maqsadida huquqni muhofaza qilish organlari bilan hamkorlikda soha mutaxassislari ishtirokida profilaktik tadbirlarni tashkil etish.

Farg‘ona Jamoat Salomatligi Tibbiyot Institutining Fakultet va Gospital Jarrohlik kafedrasi mudiri DSc dotsent Fattaxov Nusratillo Xamidullayevich Xitoy Davlatining nufuzli Chongqing Medical Universityda Xitoy tabobati yo‘nalishida 2 haftalik malaka oshirish dasturida qatnashib keldilar. Dastur doirasida ular an’anaviy xitoy tabobatining samarali usullari, zamonaviy diagnostika, klinik yondashuvlar hamda tabiiy davolash texnologiyalari bilan yaqindan tanishmoqda. Mazkur tashrif ikki oliy ta’lim muassasasi o‘rtasidagi ilmiy-ta’limiy hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqishi bilan ahamiyatlidir.




Farg’ona Jamoat Salomatligi Tibbiyot Instituti tomondan tashkil etilgan delegatsiya a’zolari bilan birga Izmir Ege Universtitetiga tashrif buyurdik. Jamoada 10 nafar professor- o’qituvchilar hamda 10 nafar talabalar mavjud bo’lib, kunimizning avvalini Ege |Universtiteti Tibbiyot Fakulteti dekanatidan boshladik. Bizni iliq mamnuniyat bilan Tibbiyot fakulteti dekan movunlari Gunes Ak va Burcu Barutcuoglu kutib oldilar va biz bilan dastlabki suxbatni o’tkazdilar. Suxbat davomida ustozlarni o’z mutaxassisliklari bo’yicha bo’limlarga tarqatish haqida reja tuzdilar. Talabalarni esa kursidan kelib chiqib ichki kasalliklar va uning profillariga, nevrologik kasalliklar, travmatologik – ortopedik kasalliklar, onkologiya va urologiya bo’limlariga mahalliy talabalar bilan fikr almashinishga taqsimlandi.

Mashg‘ulot endokrin jarrohlik bo‘limida o‘tkazildi va asosan qalqonsimon bez o‘smalari, tugunli zob, giperparatireoz hamda bo‘yin sohasidagi boshqa endokrin patologiyalarning jarrohlik davosi bilan bog‘liq amaliy jarayonlarni o‘rganishdan iborat bo‘ldi. Kunning asosiy klinik faoliyatiga Assoc. Prof. Dr. Murat ÖZDEMİR rahbarlik qildi.


Ege Universtiteti ma’naviy va ma’rifiy ishlar bo’yicha prorektori talabalar bilan birgalikda suxbat jarayoni. Suxbat davomida ikki qardosh davlatlari o’rtasidagi milliy qadriyatlar, ular o’rtasidagi o’xshashliklar va farqli tomonlari haqida qizg’in savol javob bo’lib o’tdi.

YOSH JARROH to‘garagidan fotolavhalar




Русский
English

