Virtual qabulxona

+998 95 044-23-45 +998 95 048-23-45

info@fjsti.uz fmioz@mail.ru

ish vaqti:

Dush-Shan,9:00-17:00

Endokrinologiya, gemotologiya va ftiziatriya kafedrasi

Bosh sahifa

Endokrinologiya, gemotologiya va ftiziatriya kafedrasi

Endokrinologiya, gemotologiya va ftiziatriya kafedrasi

Endokrinologiya va Gematologiya kafedrasi

Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot institutida “Endokrinologiya va Gematologiya” kafedrasi 2022-yil 30-avgustdagi №1-sonli buyruq asosida tashkil etilgan.

Mazkur kafedra tashkil etilganidan buyon “Endokrinologiya” va “Gematologiya” klinik ordinatura (rezidentura) yo‘nalishlari bo‘yicha yuqori malakali mutaxassislar tayyorlab kelmoqda.

Ta’lim jarayoni

Kafedrada bakalavriat va ordinatura bosqichlarida quyidagi fanlar o‘qitiladi:

  • Endokrinologiya

  • Gematologiya

Bundan tashqari, Xalqaro qo‘shma fakultetning Davolash ishi va Xalq tabobati yo‘nalishlari talabalari uchun ham nazariy va amaliy mashg‘ulotlar olib boriladi.

Kafedra jamoasi va ilmiy faoliyati

Karimova Muqimaxon Muhamadsodiqovna

Tibbiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), oliy toifali vrach-endokrinolog.

Kafedra mudiri.

“Tugunli, aralash va ko‘p tugunli buqoq kasalligini yod tanqisligi sharoitida kechish xususiyatlari” mavzusida ilmiy izlanish olib borgan va 2021-yilda PhD dissertatsiyasini himoya qilgan.

30 dan ortiq ilmiy maqola, 1 monografiya va 3 ta uslubiy qo‘llanma muallifi.


Akbarova Ra’no Kamolovna

Kafedra assistenti, vrach-gematolog.

1986-yilda Andijon davlat tibbiyot institutini bitirgan.

2019-yildan institutda faoliyat yuritib kelmoqda.

2 ta tezis va 2 ta ilmiy maqola muallifi.

Hozirda “Surunkali kasalliklarda kamqonlik kechishi va davolashni optimallashtirish” mavzusida ilmiy ish olib bormoqda.


Nizamova Zulfira Abdullajanovna

Kafedra assistenti, vrach-endokrinolog.

1992-yilda Qirg‘iziston davlat tibbiyot institutini bitirgan.

2 ta tezis va 2 ta ilmiy maqola muallifi.

Ilmiy tadqiqot mavzusi: “Farg‘ona viloyatida yashovchi o‘smirlarda yod tanqisligi kasalliklari kechishi”.


Muhammadsodiqov Muhammadrasul Masrurjon o‘g‘li

Kafedra assistenti, vrach-endokrinolog.

2020-yilda ADTI Pediatriya fakultetini, 2022-yilda klinik ordinaturani tamomlagan.

2 ta tezis va 4 ta ilmiy maqola muallifi.

Ilmiy tadqiqot mavzusi: “Farg‘ona viloyatida maktabgacha va maktab yoshidagi bolalarda yod tanqisligi kasalliklari”.


Ahunbayev Otabek Adilovich

Kafedra assistenti, vrach-hirurg-endokrinolog.

2010-yilda 1-ToshMI Davolash fakultetini bitirgan.

6 ta tezis va 4 ta ilmiy maqola muallifi.

Ilmiy tadqiqot mavzusi: “Farg‘ona vodiysi sharoitida yurak yetishmovchiligida kamqonlikni samarali nazorat qilish, davolash va oldini olish yo‘llari”.