Terapiya yo'nalishidagi fanlar kafedrasi
Kafedra quyidagi fanlar bo‘yicha nazariy va amaliy mashg‘ulotlar o‘tiladi:
Davolash ishi yo‘nalishi va xorijiy talabalari uchun
- Ambulator poliklinik terapiya
- Ichki kasalliklar
- Pulmonologiya
Bundan tashqari magistratura, ordinatura va internatura talabalari uchun ham nazariy va amaliy mashg‘ulotlar o‘tiladi.
Kafedra tarkibi

Shamsutdinova Guzel Baxodirovna
Tibbiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti “Terapiya yo‘nalishidagi fanlar (UASh)” kafedrasi mudiri. 1989-yilda Andijonda shifokorlar oilasida tug‘ilgan. 2008–2015-yillarda Andijon davlat tibbiyot institutida bakalavr, 2015–2018-yillarda “Kardiorevmatologiya” magistraturasini tamomlagan. 2018–2019-yillarda Farg‘ona shahar tibbiyot birlashmasi ko‘p tarmoqli poliklinikasida kardiorevmatolog shifokor bo‘lib ishlagan. 2019–2020-yillarda Toshkent vrachlar malakasini oshirish institutida “Ichki kasalliklar” bo‘yicha qayta tayyorlangan. 2020–2024-yillarda FJSTI ichki kasalliklar propedevtikasi kafedrasida assistent, 2025-yildan esa “Terapiya yo‘nalishidagi fanlar (UASh)” kafedrasi mudiri sifatida faoliyat yuritmoqda.

Tibbiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti “Terapiya yo‘nalishidagi fanlar (UASh)” kafedrasi katta o‘qituvchisi. 1992-yilda Farg‘ona tumanida shifokorlar oilasida tug‘ilgan. 2010–2017-yillarda Andijon davlat tibbiyot institutida bakalavr, 2017–2019-yillarda “Kardiologiya” yo‘nalishida klinik ordinaturani tamomlagan. 2017-yilda Farg‘ona tuman tibbiyot birlashmasida oila shifokori bo‘lib ishlagan. 2020–2022-yillarda FJSTI Normal fiziologiya kafedrasida assistent, 2022–2023-yillarda institut Xalqaro bo‘limi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan. 2023-yildan buyon “Terapiya yo‘nalishidagi fanlar (UASh)” kafedrasida katta o‘qituvchi sifatida ishlamoqda.

Joʻraboyeva Gulxayyo Baxtiyor qizi
1990-yilda Farg‘ona shahrida ziyolilar oilasida tug‘ilgan. 2009–2016-yillarda Andijon davlat tibbiyot institutida “Davolash ishi” yo‘nalishi bo‘yicha bakalavr bosqichini, 2016-yilda Toshkent tibbiyot akademiyasida “Revmatologiya” mutaxassisligi bo‘yicha klinik ordinaturani tamomlagan. 2016-yildan Farg‘ona shahridagi 1-sonli oilaviy poliklinikada umumiy amaliyot shifokori (UASh) bo‘lib ishlagan. 2018–2023-yillarda Farg‘ona shahar Markaziy ko‘p tarmoqli poliklinikasida vrach-revmatolog lavozimida faoliyat yuritgan. 2023-yil sentyabrdan Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti “Terapiya yo‘nalishidagi fanlar (UASh)” kafedrasida assistent sifatida ishlamoqda. 2024-yilda “Revmatoid artritda buyrak fibrozi markerlarining dinamikasi” mavzusida ilmiy ishini muvaffaqiyatli himoya qilib, tibbiyot yo‘nalishi bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olgan.

Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti “Terapiya yo‘nalishidagi fanlar (UASh)” kafedrasi assistenti. 1994-yilda Andijon viloyati Baliqchi tumanida tug‘ilgan. 2015–2021-yillarda Andijon davlat tibbiyot institutida bakalavr, 2021–2024-yillarda “Terapiya” yo‘nalishida magistraturani tamomlagan. 2021–2022-yillarda Andijon shahar tibbiyot birlashmasi 6-oilaviy poliklinikasida oila shifokori, 2022–2023-yillarda bo‘lim mudiri, 2023–2025-yillarda esa shu muassasada bosh shifokor lavozimida ishlagan. 2025-yil mart oyidan Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti “Terapiya yo‘nalishidagi fanlar (UASh)” kafedrasida assistent sifatida faoliyat yuritmoqda.

Mamadjanov Rustam Ergashevich
Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti “Terapiya yo‘nalishidagi fanlar (UASh)” kafedrasi assistenti. 1989–1995-yillarda Andijon davlat tibbiyot instituti talabasi bo‘lgan. 1995–1996-yillarda Farg‘ona shahar 2-son shifoxonasi terapiya bo‘limida internatura vrachi, 1996–1997-yillarda Farg‘ona shahar Yormozor shifoxonasida terapiya bo‘limi mudiri lavozimida ishlagan.1997–1999-yillarda Yormozor poliklinikasida maxilla vrachi, 1999–2000-yillarda Farg‘ona shahar tez tibbiy yordam markazida chaqiruv brigadasi vrachi bo‘lib faoliyat yuritgan. 2000–2004-yillarda Farg‘ona shahar harbiy gospitali terapiya bo‘limida ordinator bo‘lib ishlagan. 2004–2024-yillarda O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi Qurolli Kuchlari safida harbiy xizmatni o‘tagan. 2024-yildan buyon FJSTI “Terapiya yo‘nalishidagi fanlar (UASh)” kafedrasida assistent sifatida ishlamoqda.

Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti “Terapiya yo‘nalishidagi fanlar (UASh)” kafedrasi assistenti. 1996-yilda Farg‘ona viloyati Farg‘ona tumanida tug‘ilgan. 2016–2022-yillarda Toshkent tibbiyot akademiyasida bakalavr bosqichini, 2022–2024-yillarda Toshkent pediatriya tibbiyot institutida “Terapiya” yo‘nalishi bo‘yicha klinik ordinaturani tamomlagan. 2025-yil sentyabr oyidan Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti “Terapiya yo‘nalishidagi fanlar (UASh)” kafedrasida assistent sifatida faoliyat yuritmoqda.
Kafedraning ilmiy yo‘nalishlari yoshlar tarbiyasi, zamonaviy tibbiyotning dolzarb masalalari va jamoat salomatligi sohasidagi tadqiqotlarni qamrab oladi. So‘nggi 3 yil davomida kafedra xodimlari tomonidan 40 dan ortiq ilmiy ishlar nashr etilib, jumladan 7 ta o‘quv qo‘llanma, 6 ta monografiya, 20 ta elektron dastur, shuningdek SCOPUS jurnallarida 5ta maqola, respublika va xalqaro jurnallarda 100 dan ortiq maqola chop etilgan. Bundan tashqari 10 ga yaqin o‘quv-uslubiy qo‘llanma va uslubiy tavsiyanomalar tayyorlangan. Kafedra xodimlari respublika va xorijiy konferensiyalarda ma’ruza hamda tezislar bilan muntazam qatnashib keladi. Kafedrada talabalar ilmiy faolligiga ham alohida e’tibor berilib, ular rahbarlar ko‘magida maqolalar chop etmoqda va nufuzli tadbirlarda ishtirok etmoqda. Shuningdek, kafedrada tibbiyot yo‘nalishi bo‘yicha 3ta ilmiy-tadqiqot ishini muvaffaqiyatli himoya qilgan va 5 nafar kafedra xodimlari tibbiyot yo‘nalishi bo‘yicha ilmiy-tadqiqot izlanishlarini olib bormoqdalar.
Kafedrada Davolash ishi yo‘nalishi 4-kurs talabalari “Ichki kasalliklari”, “Pulmonologiya” fanidan, Davolash ishi yo‘nalishi 6-bosqich talabalariga “Ambulator poliklinik terapiya” fanidan, Pediatriya yo‘nallishi 4-bosqich talabalari uchun “Pulmonologiya” fanlari bo‘yicha ma’ruza, amaliy mashg‘ulotlari bo‘yicha tahsil oladilar. Kafedrada 7-nafar “Kardiologiya” , 1 nafar “Terapiya” yoʻnalishi boʻyicha magistratura, 24-nafar “Kardiologiya”, “Terapiya” bo‘yicha klinik ordinatorlar va 3 nafar “Terapiya” yo‘nalishlari internatura bo‘yicha klinik ordinatorlar ta’lim oladilar.
Kafedrada ma’naviy-ma’rifiy ishlar talabalarning intellektual salohiyatini yuksaltirish va ularda vatanparvarlik hamda kasbiga sadoqat tuyg‘ularini shakllantirishga yo‘naltirilgan bo‘lib, bu jarayon “Ustoz-shogird” an’analari va yoshlarning ma’naviy dunyoqarashini boyitishga xizmat qiluvchi tizimli tadbirlar asosida tashkil etilgan. Mazkur faoliyat doirasida milliy qadriyatlarni targ‘ib qilish, yoshlarni yot g‘oyalar ta’siridan asrash hamda ularning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish maqsadida ma’rifiy uchrashuvlar, kitobxonlik kechalari va davra suhbatlari muntazam ravishda o‘tkazib boriladi. Yosh avlodga g‘amxo‘rlik qilish, sog‘lom va barkamol shaxsni tarbiyalash — o‘zbek xalqining milliy qadriyatlari va hayot falsafasining muhim jihatlaridan biridir. Shu boisdan, ma’naviy-ma’rifiy ishlar Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot Instituti “Terapiya yoʻnalishidagi fanlar (UASH)” kafedrasi faoliyatining asosiy yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Kafedrada ma’naviy-ma’rifiy faoliyatlar tasdiqlangan yillik reja asosida tizimli ravishda amalga oshiriladi.
Asosiy ma’naviy-ma’rifiy yo‘nalishlar:
Kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan talabalarga odob-axloq qoidalari, jamiyatda kiyinish madaniyati, zararli odatlar — chekish va spirtli ichimliklarni iste’mol qilishning salbiy oqibatlari haqida muntazam ma’rifiy suhbatlar olib boriladi.
Xalqaro hamkorlik

Русский
English