Virtual qabulxona

+998 95 044-23-45 +998 95 048-23-45

info@fjsti.uz fmioz@mail.ru

ish vaqti:

Dush-Shan,9:00-17:00

Gospital terapiya (laboratoriya) kafedrasi

Bosh sahifa

Gospital terapiya (laboratoriya) kafedrasi

Gospital terapiya (laboratoriya) kafedrasi


Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot institutining 2022-yil 3-sentyabrdagi buyrug‘i asosida Davolash ishi va Pediatriya yo‘nalishlarida mutaxassislik hamda maxsus fanlarni o‘qitish yo‘lga qo‘yilishi munosabati bilan “2-son ichki kasalliklar” kafedrasi negizida Gospital terapiya kafedrasi tashkil etildi. Kafedra Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Farg‘ona filiali o‘quv bazasida joylashgan bo‘lib, Ftiziatriya va pulmonologiya markazi hamda “Obi hayot” xususiy klinikalari kafedraning o‘quv bazalari hisoblanadi.Kafedrada Davolash fakultetining 1-, 3-, 4-kurs talabalari hamda Xalqaro fakultetning 2–3-kurs stomatologiya, pediatriya va davolash ishi yo‘nalishi talabalariga ta’lim beriladi.

Kafedrada quyidagi fanlar o‘qitiladi:

  1. Ichki kasalliklar
  2. Kasb kasalliklari
  3. Regional patologiya
  4. Tibbiyot kasbiga kirish
  5. Klinik laboratoriya tashxisi (jumladan immunoferment tahlili)
  6. Laboratoriya ishiga kirish

Kafedra tarkibi va ilmiy salohiyat (2025–2026 o‘quv yili)

Kafedrada jami 18 nafar professor-o‘qituvchi asosiy ish o‘rnida faoliyat yuritmoqda, shundan 1 nafari t.f.n., dotsent. Kafedraning asosiy stavkadan kelib chiqqan ilmiy salohiyati — 6%.

Kafedraning 9 nafar xodimi mustaqil izlanuvchi sifatida ilmiy izlanish olib bormoqda: Raxmatova Feruza, Nazirxujaev Fozilxon Anvarxon o‘g‘li, Jo‘rayev Muxammadkarim, Oribjonov Otabek Erkinjon o‘g‘li, Mirqurbanova Taxmina, Egamberdiyeva Gulchexra Sulton qizi, Suyarov Shoxruh Murodil o‘g‘li, Raxmanov Baxrom, Muhammad Amir Khan.

Xorijiy talabalar uchun esa quyidagi fanlar o‘qitiladi: ftiziatriya, tibbiy radiologiya, tibbiyot kasbiga kirish hamda klinik laboratoriya fanlari.


2022–2023 o‘quv yilining sentyabr oyida “Gospital terapiya” yo‘nalishiga ilk bor talabalar qabul qilindi. Ushbu yo‘nalishni ochishda Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti rektori, tibbiyot fanlari doktori, professor Siddikov Akmal Abdikaxarovich hamda tibbiyot fanlari nomzodi, dotsent Maxmudov Nurillo Ismoilovichning hissalari katta. Shuningdek, 2020–2021 yillarda kafedra “2-sonli Ichki kasalliklar” kafedrasi tarkibida faoliyat yuritgan.


Maxmudov Nurillo Ismoilovich 
tibbiyot fanlari nomzodi dotsent.

1951-yil 6- oktabrda Fargʻona viloyati Margʻilon shaxrida tavallud topgan. Gospital terapiya kafedrasi mudiri, tibbiyot fanlari nomzodi, dotsent. 1975 yilda Andijon Davlat tibbiyot instituti davolsh fakultetini tamomlagan. 1987 yilda “Oshqazon va 12 barmoq ichak yara kasalligini piloroduodenal stenoziga qo’shilgan asoratlarini davolash natijalari “ mavzusida nomzodlik dissetratsiyasini yoqlagan. 2001 -2022 yillar davomida Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Farg’ona filialida ilmiy ishlar bo’yicha direktor muovini lavozimida ishlagan. 2022 yil 3-sentyabrdan Farg’ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti “Gospital terapiya” kafedrasi mudiri vazifasida faoliyat koʻrsatmoqda. 600 dan ortiq ilmiy maqolalar,tezislar, 6 o’quv qo’llanma, 2 monografiya muallifi.


Oribjonov Otabek Erkinjo oʻgʻli 

Gospital terapiya kafedrasi assistenti.1993-yil  26-noyabrda Fargʻona viloyati Fargʻona tumanida Vodil qishlogʻida tugʻilgan. 01.06.2020 yilda Toshkent Tibbiyot Akademiyasi Fargʻona Filliali kasbiy talim yoʻnalishini tamomlagan.08.06.2023 yildaAndijon Davlat Tibbiyot Insitutida funksional diagnostika yoʻnalishini magistratura bosqichini tamomlagan. 01.05.2020-08.11.2020 –Fargʻona Shaxar Tibbiyot Birlashmasi 1-oilaviy poliknikada umumiy amaliyot shifokori 03.09.2020-30.11.2023 Respublika Shoshilinch Tez Tibbiy Yordam Ilmiy Markazi Fargʻona Filiali Tez Tibbiy Yordam koʻchma brigadasi shifokori. 31.11.2023-Respublika Tez Tibbiy Yordam Fargʻona xududiy filiali Fargʻona shaxar markaziy boʻlimida chaqiruvga chiquvchi xakim. 2024 yildan – Hozirga qadar Fargʻona jamoat salomatligi tibbiyot instituti Gospital terapiya (laboratoriya) kafedrasi assisenti boʻlib ishlab kelmoqda. 30 dan ortiq ilmiy maqola tezislar muallifi.


Oribjonova Hadisaxon Abdumutallib qizi

1993-yil 10-oktabrda Fargʻona shahrida tugʻilgan. 2014–2020-yillarda TTA Fargʻona filialida tahsil olgan. 2020–2025-yillarda oilaviy poliklinika va Respublika shoshilinch tibbiy yordam markazining Fargʻona filialida shifokor (klin. ordinator/terapevt) bo‘lib ishlagan. 2024–2025-yillarda “Tibbiy pedagogik qayta tayyorlash”ni tugatgan. 2025-yildan hozirga qadar Fargʻona jamoat salomatligi tibbiyot instituti Gospital terapiya (laboratoriya) kafedrasi assistenti. 15+ ilmiy maqola va tezislar muallifi.


Raxmonov Baxrombеk Baxtiyor oʻgʻli

1996-yil 2-martda Marg‘ilon shahrida tug‘ilgan. 2015–2021-yillarda Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot institutida tahsil olgan. 2021-yilda Marg‘ilon shahar 6-oilaviy poliklinikasida shifokor bo‘lib ishlagan. 2021–2023-yillarda institutning USMLE kafedrasida, 2023–2024-yillarda Urologiya va onkologiya kafedrasida o‘qituvchi. 2024-yildan hozirga qadar Gospital terapiya kafedrasi assistenti. 60 dan ortiq maqola va tezislar muallifi.


Raxmatova Feruza Uraimova

1970-yil 17-iyunda Fargʻona shahrida tugʻilgan. 1986–1993-yillarda Andijon davlat tibbiyot institutida tahsil olgan, 1993–1994-yillarda Fargʻona shahar 2-sonli shifoxonada internatura oʻtagan. 1994–2009-yillarda Fargʻona shahar 1- va 3-oilaviy poliklinikalarda revmatolog, 2009–2017-yillarda Fargʻona shahar 2-shifoxonasi revmatologiya boʻlimi mudirasi bo‘lib ishlagan. 2017–2021-yillarda Markaziy ko‘p tarmoqli poliklinikada revmatolog, 2021–2022-yillarda “Doktor A” xususiy klinikasida revmatolog faoliyat yuritgan. 2022-yil noyabrdan FJSTI Gospital terapiya kafedrasi assistenti, 2023-yildan buyon kafedrada katta oʻqituvchi sifatida ishlamoqda. 60 dan ortiq ilmiy maqola va tezislar muallifi.


Dr. Muhammad Amir Khan

1988-yil 1-noyabrda Pokistonda tugʻilgan. Pharm-D (5 yil), MD/MBBS (7 yil) hamda 2 yillik klinik ordinaturani tamomlagan, 2026-yil mustaqil PhD izlanuvchisi. Scopus va boshqa xalqaro jurnallarda 7 ta ilmiy maqola muallifi, ilmiy tadqiqot metodologiyasi kursini yakunlagan. Hozirda Oʻzbekiston, Fargʻona jamoat salomatligi tibbiyot instituti Gospital terapiya kafedrasida assistent-oʻqituvchi. 10 yillik pedagogik tajribaga ega.


Mirqurbanova Taxmina Xamidzoda

1975-yil 22-yanvarda Farg‘ona viloyati Oltiariq tumanida tug‘ilgan. 1992–1998-yillarda Toshkent davlat tibbiyot instituti Farg‘ona filiali “Tibbiy profilaktika ishi” fakultetini tamomlagan. 1998–2009-yillarda harbiy okrug SEO bo‘limida vrach-laborant, keyinchalik regional dezinfeksiya stansiyasi rahbari lavozimlarida ishlagan. 2009–2014-yillarda farmatsevtik jamiyatda tibbiy xodim va xususiy tadbirkor, 2015–2018-yillarda “Farg‘ona tibbiy diagnostika” klinikasida vrach-laborant, 2018–2021-yillarda “Ideal diagnostik” klinikasida bosh vrach hamda Marg‘ilon yuqumli kasalliklar shifoxonasida vrach-laborant, 2021–2022-yillarda “Meridian diagnostik” klinikasida laboratoriya mudiri bo‘lib faoliyat yuritgan. 2023-yil yanvardan hozirga qadar Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti Gospital terapiya kafedrasida assistent (katta o‘qituvchi) sifatida ishlamoqda; klinik laborator diagnostika yo‘nalishida amaliy va pedagogik tajribaga ega.


Gospital terapiya kafedrasining ilmiy-tadqiqot ishlari

Kafedraning barcha xodimlari kafedra va universitet miqyosidagi ilmiy-tadqiqot ishlarida faol ishtirok etmoqda. Hozirgi kunda kafedrada 1 nafar tibbiyot fanlari nomzodi, dotsent Maxmudov N.I. hamda 9 nafar mustaqil izlanuvchi (Raxmatova Feruza, Nazirxujaev Fozilxon Anvarxon o‘g‘li, Jo‘rayev Muxammadkarim, Oribjonov Otabek Erkinjon o‘g‘li, Mirqurbanova Taxmina, Egamberdiyeva Gulchexra Sulton qizi, Suyarov Shoxruh Murodil o‘g‘li, Raxmanov Baxrom, Muhammad Amir Khan) ilmiy faoliyat olib bormoqda. 

Kafedraning ilmiy-tadqiqot ishlari yosh avlodni mustaqillik g‘oyalariga sadoqat ruhida tarbiyalash, yoshlarning huquqiy madaniyatini shakllantirish, zamonaviy tibbiyot fanining falsafiy muammolari, O‘zbekiston davlatchiligi tarixining turli jihatlari bo‘yicha olib borilmoqda. 

“Gospital terapiya” kafedrasida kafedra mudiri boshchiligida ilmiy-tadqiqot ishlariga alohida e’tibor qaratilmoqda. Kafedra xodimlari muntazam ilmiy izlanishlar olib borib, o‘z bilim va salohiyatini oshirib bormoqda. So‘nggi 3 yil davomida professor-o‘qituvchilar tomonidan 150 dan ortiq ilmiy ishlar chop etildi, jumladan 5 ta darslik, 8 ta o‘quv qo‘llanma, 5 ta monografiya hamda yetakchi respublika va xalqaro jurnallarda 160 dan ortiq maqola nashr etilgan.

Bundan tashqari 20 taga yaqin o‘quv-uslubiy qo‘llanma va uslubiy tavsiyanomalar nashr etilgan. Professor-o‘qituvchilar tomondan nashr etilgan o‘quv va uslubiy qo‘llanmalar tibbiyot o‘quv yurtlari talabalari uchun qo‘shimcha adabiyot sifatida foydalanib kelmoqda.

Kafedrada nafaqat xodimlar, balki talabalarning ilmiy faoliyatiga ham alohida e’tibor qaratiladi. Professor-o‘qituvchilar rahbarligida talabalar respublika va xalqaro jurnallarda maqolalar chop ettirib, nufuzli konferensiya hamda anjumanlarda muntazam ishtirok etmoqda. Kafedraning iqtidorli talabalari O‘zbekiston Respublikasi fan olimpiadalarida qatnashib, sovrinli o‘rinlarni egallab kelmoqda. Shuningdek, talabalar xalqaro fan olimpiadalarida ham faol qatnashib, yuqori natijalar ko‘rsatib turli darajadagi diplomlar bilan taqdirlanmoqda.


Gospital terapiya kafedrasining o‘quv va o‘quv-metodik ishlari

Kafedrada 1–6-kurs “Davolash ishi” yo‘nalishi talabalari uchun barcha mutaxassislik fanlari o‘qitiladi. Shuningdek, 3 va 5-kurs Pediatriya, Tibbiy profilaktika ishi hamda Tibbiy biologik ish yo‘nalishlarida quyidagi fanlar olib boriladi: “Ichki kasalliklar. Kasb kasalliklari. XDT”, “Ichki kasalliklar. Klinik allergologiya va immunologiya. Kasb kasalliklari”, “Regional patologiya. Kasb kasalliklari”, “Klinik laboratoriya tashxisi. Immunferment tahlili”, “Funksional diagnostika”. Xalqaro fakultet talabalari uchun “Tibbiyot kasbiga kirish” va “Funksional diagnostika” fanlari o‘tiladi. Hozirda kafedrada 9 nafar klinik ordinator va 6 nafar internatura talabalari tahsil olmoqda.

O‘qitish tizimi quyidagi tasdiqlangan hujjatlar bo‘yicha olib boriladi: - Malaka talablari; - Davlat ta’lim standarti; - O‘quv dasturi; - Ishchi o‘quv dastur, sillabus; Kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan talabalar uchun ish daftari va bosqichma-bosqich o‘quv-uslubiy qo‘llanma yaratilgan bo‘lib, unda reja bo‘yicha amaliy ko‘nikmalarni bosqichma-bosqich o‘rganish aks ettirilgan.

O‘qitish jarayonini ta’minlash maqsadida kafedrada zarur texnik baza mavjud: “Tibbiyotda axborot texnologiyalari” fanlarini o‘qitish uchun 12 ta kompyuter sinfi, 11 ta o‘quv xonasi doska hamda 1 ta videoproyektor bilan jihozlangan. Professor-o‘qituvchilar dars mashg‘ulotlarida mavzuga oid videodarslar, prezentatsiyalar va multimediya dasturlaridan keng foydalanadilar. Shuningdek, ular tomonidan tayyorlangan o‘quv qo‘llanma va darsliklar chop etilib, institut kutubxonasiga topshirilgan. Institut kutubxonasida barcha fanlar bo‘yicha adabiyotlarning elektron variantlari ham shakllantirilgan.

Laboratoriya mashg‘ulotlari bevosita mos holda davolash muassasalarida o‘tkaziladi.

Tashkil etilgan bazalarda talabalarning amaliy mashg‘ulotlar, klinik o‘quv amaliyoti va ishlab chiqarish amaliyotlarini o‘tashlarini ta’minlandi.

 

Kafedrada ochiq darslarni muhokamasi va qabul qilingan qarorlaridan kelib chiqib, mashg‘ulotlarni olib borishda yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarni bartaraf qilish bo‘yicha bir talay ishlar amalga oshirildi.


Kafedra kutubxonasi


Kafedrasi ma‘naviy-ma‘rifiy ishlari

Kelajak avlodga g‘amxo‘rlik qilish, sog‘lom va barkamol shaxsni tarbiyalash o‘zbek xalqining milliy qadriyatlari va hayot falsafasining muhim jihatlaridan biridir. Shu bois, Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti “Gospital terapiya” kafedrasida ma’naviy-ma’rifiy ishlar kafedra faoliyatining ustuvor yo‘nalishlaridan hisoblanadi. Kafedrada ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar tasdiqlangan yillik reja asosida tizimli ravishda amalga oshiriladi. Jumladan, professor-o‘qituvchilar tomonidan talabalarga odob-axloq qoidalari, jamiyatda kiyinish madaniyati, zararli odatlar — chekish va spirtli ichimliklarni iste’mol qilishning salbiy oqibatlari haqida muntazam ma’rifiy suhbatlar olib boriladi.

Ma’naviy-ma’rifiy faoliyatning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
Prezident Sh.M. Mirziyoyev asarlari va ma’ruzalari, Oliy Majlis hamda Vazirlar Mahkamasining farmon va qarorlarini o‘rganish;
Yoshlarning ma’naviy dunyoqarashini shakllantirish, ularni vatanparvarlik, insonparvarlik va ezgulik ruhida tarbiyalash;
Talabalarda sog‘lom turmush tarzi falsafasini shakllantirish;
Siyosiy va huquqiy madaniyatni oshirish;
Mamlakatda va dunyoda ro‘y berayotgan ijtimoiy, siyosiy, ilmiy hamda madaniy voqealar haqida talabalarni o‘z vaqtida xabardor qilish;
Kafedra yo‘nalishiga mos to‘garaklar va ijtimoiy loyihalar orqali talabalar bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish.

Prezident tashabbuslari va dolzarb mavzular doirasida ishlar:
Institutning ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi topshirig‘iga asosan kafedra o‘qituvchilari tomonidan quyidagi mavzularda targ‘ibot-tashviqot ishlari olib boriladi:
“O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Murojaatnomasi”;
“Yomon odatlarga qarshi kurashish”;
“COVID-19 va turli xildagi ofatlarga profilaktika choralari”.
doirasida ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar izchil davom ettirilmoqda.

Sog‘lom turmush tarzi va jismoniy madaniyat:

Talabalarga sog‘lom turmush tarzining afzalliklari haqida muntazam ma’lumotlar beriladi. Kafedrada tahsil olayotgan talabalar zarurat tug‘ilganda yuqori malakali mutaxassislar tomonidan tibbiy maslahat va yordam bilan ta’minlanadi. Masalan: Butunjahon OITSga qarshi kurash kuni munosabati bilan o‘tkazilgan tadbirlarda kasallikning yuqish yo‘llari, belgilari va asoratlari haqida ma’lumot berildi; Talabalar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etuvchi amaliy tavsiyalar ishlab chiqildi.