Xalq tabobati va farmakologiya kafedrasi






1966-yilda Farg‘ona viloyati Quvasoy shahrida tug‘ilgan. Toshkent farmatsevtika institutida tahsil olgan, 1984–1986-yillarda muddatli harbiy xizmatni o‘tagan. 1990–1993-yillarda Farg‘ona shahar 151-sonli dorixonada provizor bo‘lib ishlagan, 1993–1997-yillarda 52788-sonli harbiy qism tibbiy ta’minot bo‘limiga rahbarlik qilgan. Keyingi yillarda bir qator dorixonalarda mudir, RSHTIMFF dorixonasida mudir o‘rinbosari, 2009–2019-yillarda “Donish-farm” ko‘p tarmoqli xususiy korxonasi rahbari lavozimlarida faoliyat yuritgan. 2019-yildan Toshkent tibbiyot akademiyasi Farg‘ona filialida, 2020-yildan “Epidemiologiya va yuqumli kasalliklar” kafedrasida assistent sifatida ishlamoqda. 7 ta maqola va uslubiy ishlanma muallifi. “Xvoya o‘simligidan olingan emulsiyaning yallig‘lanish jarayoniga ta’siri” mavzusida ilmiy tadqiqot olib bormoqda.



1960-yilda Farg‘ona viloyati, Farg‘ona shahrida tug‘ilgan. 1978–1984-yillarda Andijon davlat tibbiyot institutida tahsil olgan. 1984–1985-yillarda Farg‘ona viloyat bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazida pediatr, 1985–1989-yillarda bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot poliklinikasida uchastka shifokori bo‘lib ishlagan. 1989–2002-yillarda Farg‘ona viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasida vrach-laborant, 2002–2004-yillarda Farg‘ona shahar shifoxonasida laboratoriya mudiri lavozimida faoliyat yuritgan. 2004–2021-yillarda Farg‘ona viloyat stomatologiya muassasasida vrach-laborant bo‘lib ishlagan. 2021-yil 6-sentabrdan Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot institutining Farmakologiya kafedrasida assistent lavozimida faoliyat yuritmoqda. Ilmiy-uslubiy faoliyati davomida 8 ta maqola, 2 ta monografiya va 1 ta o‘quv qo‘llanma muallifi. Hozirda stomatologiya fakulteti talabalari uchun “Xalq tabobati” fanidan darslik tayyorlamoqda. Talabalar bilan hamkorlikda 5 ta tezis tayyorlangan hamda “Surunkali gepatitlarda zirk o‘simligining dorivor xususiyatlari” mavzusida ilmiy tadqiqot olib borilmoqda.

Xalq tabobati va farmakologiya kafedrasining o‘quv va o‘quv-metodik ishlariXalq tabobati va farmakologiya kafedrasining o‘quv va o‘quv-metodik ishlari
Dars jarayonlari talabalar bilimini, amaliy ko’nikmalarini oshirishi uchun kafedraga tegishli dorixonalar, o’quv xonalari, o’quv bazalarida o’tkaziladi.


Kafedraga qarashli farmatsiyaning bakalavriat yo‘nalishi IAAR — Independent Agency for Accreditation and Rating (Akkreditatsiya va reytingning mustaqil agentligi) ekspertlar guruhi tomonidan xalqaro akkreditatsiyadan muvoffaqiyatli o’tdi.

Tashrif davomida xalqaro ekspertlar o‘quv jarayonlari, auditoriyalar, laboratoriyalar hamda klinik amaliyot bazalarining holatini o‘rgandilar.





Кutubxonada kafedra professor- o’qituvchilari tomonidan tayyorlangan ingliz, o‘zbek va rus tillaridagi 10 dan ortiq o‘quv adabiyotlar mavjud. Elektron kutubxona darslik, atlaslar, o‘quv qo‘llanmalar, o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar va boshqalarni o‘z ichiga oladi.

Kafedra ma’naviy-ma’rifiy ishlari
Yosh avlodga g‘amxo‘rlik qilish, sog‘lom va barkamol shaxsni tarbiyalash — o‘zbek xalqining milliy qadriyatlari va hayot falsafasining muhim jihatlaridan biridir. Shu boisdan, ma’naviy-ma’rifiy ishlar Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot Instituti Xalq tabobati vba Farmakologiya kafedrasi faoliyatining asosiy yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Kafedrada ma’naviy-ma’rifiy faoliyatlar tasdiqlangan yillik reja asosida tizimli ravishda amalga oshiriladi.



Xalq tabobati va farmakologiya kafedrasining ilmiy-tadqiqot ishlari


Xalq tabobati va farmakologiya kafedrasida faoliyat yuritadigan to‘garaklar
Klinik fikrlashga doir video darslar
- Coagulation
- Platelet Activation
- Hypercoagulable States
- Coagulopathies
- Platelet Disorders
- Antiplatelets
- Anticoagulant Drugs
- Hemolysis Basics
- Extrinsic Hemolysis
- Intrinsic Hemolysis
- Microcytic Anemias
- Thallassemias
- Sicle Cell Anemia
- Other Anemias
- Blood Groups
- Acute Leukemias
- Chronic Leukemias
- Hodgkin Lymphoma
- Non Hodgkin Lymphoma
- Plasma Cell Disorders
- Amyloidosis
- Myeloproliferative Disorders
- Antimetabolites
- Alkylating Agents
- Antitumor Antibiotics
- Microtuble Inhibitors
- DNA Drugs
- Other Cancer Drugs
- Porphyrias

Русский
English