Virtual qabulxona

+998 95 044-23-45 +998 95 048-23-45

info@fjsti.uz fmioz@mail.ru

ish vaqti:

Dush-Shan,9:00-17:00

Xalqaro hamkorlik bo‘limi

Bosh sahifa

Xalqaro hamkorlik bo‘limi

person

Xalqaro xamkorlik bo'limi boshlig'i

Kimsanboeva Xurmatoy

Qabul vaqti:
 

Dushanba-Shanba 08:30-16:00

Telefon:
 

+99897949-77-99

Elektron pochta:
 

interdepartment@fjsti.uz

Xalqaro hamkorlik bo‘limi

BO‘LIM MAQSADLARI

Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti (FJSTI) rahbariyati ostida xalqaro hamkorlik bo‘limining asosiy maqsadlari quyidagilardan iborat:

  • Institutning barcha tarkibiy bo‘linmalari faoliyatini boshqarish va muvofiqlashtirish orqali xalqaro aloqalarni rivojlantirish;

  • Xalqaro standartlarga javob beradigan, professional va umumiy madaniy vakolatlarga ega bo‘lgan, O‘zbekiston hamda xorijiy davlatlar uchun yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash;

  • Xorijiy universitetlar, ilmiy-tadqiqot muassasalari, tashkilotlar va fondlar bilan xalqaro ilmiy loyihalar, dasturlar, shartnomalar, grantlar va boshqa hamkorlik shakllarini yo‘lga qo‘yish orqali FJSTIni xalqaro miqyosda e’tirof etilgan innovatsion ilmiy-o‘quv, tahliliy, maslahat va dizayn markaziga aylantirish.


    BO‘LIM VAZIFALARI

  • Xalqaro hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan tadbirlar rejasini ishlab chiqish va ularni amalga oshirish;

  • FJSTIning xalqaro tashkilotlar, loyihalar va dasturlardagi ishtirokini kengaytirish;

  • Xorijiy delegatsiyalarni rasmiy, ishchi va norasmiy tashriflar doirasida kutib olish va tashriflarni tashkil etish;


  • BO‘LIM FUNKSIYALARI

  • FJSTIning xalqaro hamkorligini tashkiliy, uslubiy va vakillik asosida ta’minlash;

  • Xalqaro hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlarini aniqlash, uzoq muddatli rejalashtirish va yangi hamkorlarni izlash;

  • Qo‘shma tadbirlar, ilmiy loyihalar va almashinuv dasturlarini ishlab chiqishda ishtirok etish;

  • Xalqaro grantlar, ilmiy va ta’limiy dasturlarni tayyorlash va amalga oshirish;

  • Akademik harakatchanlik doirasida talabalar, aspirantlar va o‘qituvchilar almashinuvi uchun axborot-tahliliy bazani yuritish;

  • FJSTI fakultetlari, kafedralari va bo‘limlarining xalqaro aloqalari bo‘yicha faoliyatini muvofiqlashtirish, ularni metodik jihatdan qo‘llab-quvvatlash;

  • Xalqaro konferentsiyalarni tayyorlash va tashkil etish;

  • Xorijiy mehmonlar va delegatsiyalar tashriflariga oid protokol tadbirlarini amalga oshirish, ularni sifatli va yuqori darajada qabul qilish.

  • Xorijiy professor-o‘qituvchilarni institutga ma’ruza o‘qishga jalb qilish;

  • Talabalar, magistrlar, doktorantlar va o‘qituvchilar uchun akademik harakatchanlikni yo‘lga qo‘yish;

  • Xorijiy hamkor OTMlar bilan yozgi va qishki maktablar tashkil etish hamda institut vakillarining ularda ishtirokini ta’minlash;

  • Inklyuziv ta’lim dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish;

  • Ikki darajali (double degree) o‘quv dasturlarini joriy etish va qo‘llab-quvvatlash;

  • O‘zbekiston hududidagi xalqaro tashkilotlar vakolatxonalari bilan aloqalarni rivojlantirish;

  • Delegatsiyalar uchun uchrashuvlarni tashkil etish va protokol bo‘yicha hamrohlik xizmatlarini ko‘rsatish.