Virtual qabulxona

+998 95 044-23-45 +998 95 048-23-45

info@fjsti.uz fmioz@mail.ru

ish vaqti:

Dush-Shan,9:00-17:00

Patologik fiziologiya va patologik anatomiya kafedrasi

Bosh sahifa

Patologik fiziologiya va patologik anatomiya kafedrasi

Patologik fiziologiya va patologik anatomiya kafedrasi


Kafedrada quyidagi fanlar o‘qitiladi:

1. Patologik fiziologiya;
2. Patologik anatomiya;
3. Sud tibbiyoti;

Kafedra tarixi (Normal va patologik fiziologiya / Patologiya asoslari)

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1992-yildagi №483-son qaroriga muvofiq Farg‘ona davlat universiteti qoshida “Tibbiyot markazi” tashkil etildi. Markaz tarkibida ikki yo‘nalish — “Tibbiy profilaktika ishi” hamda “Tibbiy muhandislik ishi” fakultetlari faoliyat boshladi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 239-son qarori hamda O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining 1998-yil 18-iyuldagi №309-son qaroriga asosan Farg‘ona davlat universitetining “Tibbiyot markazi” Toshkent davlat 2-tibbiyot instituti Farg‘ona filialiga aylantirildi.

Kafedraning shakllanishi va rivojlanish bosqichlari

1998-yil 15-iyuldagi 1-son buyruq bilan “Tibbiy biologik fanlar” kafedrasi negizida “Normal va patologik fiziologiya” kafedrasi tashkil etildi. Kafedraga 2001-yilgacha dotsent S.M. Madaminov rahbarlik qildi. 2001–2012-yillarda esa kafedraga tibbiyot fanlari doktori Yu.N.Nishonov rahbarlik qilgan. Dastlab kafedrada 2 nafar fan nomzodi, dotsent, 1 nafar dotsent, 1 nafar katta o‘qituvchi va 2 nafar assistent faoliyat yuritgan.


2004–2005-o‘quv yilidan boshlab normal va patologik fiziologiya kafedralari birlashtirilib, “Tibbiy fundamental fanlar” kafedrasi tashkil etildi. Ushbu kafedraga 2012-yilgacha tibbiyot fanlari nomzodi, dotsent A.A. Nishonova rahbarlik qilgan.


Keyingi davrlarda kafedra mudirlari:

2012–2013-yillar — t.f.n. R.M. Shermatov


2013–2015-yillar — t.f.n. G‘.N. Sultonov


Ilmiy faoliyat va natijalar

Kafedra professor-o‘qituvchilarining ilmiy-tadqiqot faoliyati natijasida qator ilmiy ishlar amalga oshirilib, dissertatsiyalar himoya qilinishi kafedraning ilmiy salohiyatini oshirishda muhim ahamiyat kasb etdi. Jumladan, R.M. Shermatov 2011-yilda “Yo‘g‘on ichak to‘liq olib tashlanganidan so‘ng me’da shilliq pardasida kechadigan moslashuv jarayonlarining morfofunksional asoslari” mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qilgan. Ilmiy faoliyat natijalari bo‘yicha 30 dan ortiq o‘quv va o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar, shuningdek 38 dan ortiq xalqaro va respublika miqyosidagi ilmiy maqola hamda tezislar chop etilgan.

Yangi bosqich: qayta tashkil etilish va integratsiya
Toshkent tibbiyot akademiyasi Farg‘ona filialining 2020-yil 18-avgustdagi №282-k sonli buyrug‘iga asosan Normal va patologik fiziologiya kafedrasi qayta tashkil etildi va M. Rasulova vaqtincha kafedra mudiri etib tayinlandi.
2021-yil 20-maydagi №191-k sonli buyruqqa muvofiq kafedra mudiri lavozimiga t.f.n. T.Z. Xamroqulov tayinlandi.

2021-yil avgust oyidan boshlab patologik fiziologiya va patologik anatomiya kafedralari birlashtirilib, “Patologiya asoslari” kafedrasi tashkil etildi.

2023-yil avgust oyidan patologik fiziologiya alohida kafedra sifatida ajralib chiqdi.

2024-yil avgust oyidan esa Patologik fiziologiya va patologik anatomiya kafedralari yana birlashtirildi.
Ta’lim yo‘nalishlari va o‘qitiladigan fanlar
Patologik fiziologiya va patologik anatomiya kafedrasida quyidagi yo‘nalishlar talabalari uchun o‘quv mashg‘ulotlari olib boriladi: davolash ishi, tibbiy profilaktika ishi, oliy hamshiralik, biotibbiyot muhandisligi, xalq tabobati, farmatsiya, kasbiy ta’lim hamda qo‘shma dastur talabalari. Kafedrada jami: 17 nafar, shundan 8 nafar professor-o‘qituvchilar (2 nafar fan nomzodi va falsafa doktori (PhD)) asosiy ish o‘rinlarida, 9 nafar tashqi o‘rindoshlik asosida faoliyat yuritmoqdalar. Kafedra asosiy stavkadan kelib chiqib ilmiy salohiyati 33,3%. Tashqi va ichki o‘rindoshlar bilan 27% ni tashkil etadi. 2025-2026 o‘quv yilida kafedraning 8 nafar (O.U.Badriddinov, B.L.Yusupov, R.I.Xatamov, B.Abdumo‘minov, D.Zokirjonov, G.K.Yusupova, M.T.Saidumarova va A.T.Shernazarov) xodimlarini (PhD) falsafa doktori ilmiy darajasini olishligi uchun mustaqil izlanuvchi institutiga kirish maqsadida xujjatlar topshirishga erishildi. Kafedraga 2021-yildan t.f.n. dotsent T.Z.Xamroqulov rahbarlik qilib kelmoqda.

 Xamrakulov Tulkin Zokirovich 
Patologik fiziologiya va patologik anatomiya kafedrasi mudiri, tibbiyot fanlari nomzodi

Xamroqulov To‘lqin Zokirovich 1966-yilda Farg‘ona viloyati Qo‘shtepa tumanida tug‘ilgan. 1984–1992-yillarda Toshkent davlat tibbiyot institutida tahsil olgan. Mehnat faoliyatini 1992-yildan ilmiy tadqiqotchi sifatida boshlagan. 1995–2018-yillar davomida Toshkent tibbiyot instituti/Farg‘ona filiali hamda Farg‘ona viloyati sanitariya-epidemiologiya nazorati tizimida turli mas’ul lavozimlarda, jumladan laboratoriya mudiri, bosh vrach o‘rinbosari, shahar DSENM bosh vrachi va bo‘lim mudiri sifatida faoliyat yuritgan. 2018-yilda TTA Farg‘ona filialida ta’lim sifatini nazorat qilish bo‘limi boshlig‘i, 2018–2021-yillarda esa Tibbiy profilaktika va jamoat salomatligi fakulteti dekani bo‘lib ishlagan. 2021-yil 20-maydan Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot institutida Normal va patologik fiziologiya (hozirda Patologik fiziologiya va patologik anatomiya) kafedrasi mudiri lavozimida faoliyat yuritib kelmoqda. U 1995-yilda patologik fiziologiya ixtisosligi bo‘yicha nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan. Muallif sifatida 30 dan ortiq ilmiy maqola, 70 dan ortiq tezis, shuningdek monografiya va bir qator o‘quv qo‘llanmalar chop ettirgan.


Badriddinov Oyatillo Usmonjon o‘g‘li
Kafedra katta o‘qituvchisi

1992-yilda tug‘ilgan, millati — o‘zbek, ma’lumoti — oliy. Umumiy mehnat staji 11 yil. 2020-yil 4-sentabrdan buyon mazkur lavozimda faoliyat yuritib kelmoqda. 2011–2018-yillarda Andijon davlat tibbiyot institutining “Davolash ishi” fakultetini tamomlagan. Mehnat faoliyatini 2018-yilda Farg‘ona viloyati Qo‘shtepa tuman tibbiyot birlashmasiga qarashli KTMPda umumiy amaliyot shifokori (UASh) sifatida boshlagan. 2018–2019-yillarda Qo‘shtepa tumani tez tibbiy yordam bo‘limida navbatchi shifokor lavozimida ishlagan. 2018–2020-yillarda Farg‘ona viloyati 2-Marg‘ilon tibbiyot kollejida o‘qituvchi bo‘lib faoliyat yuritgan. 2019–2021-yillarda Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot institutida “Nefrologiya (gemodializ bilan)” yo‘nalishi bo‘yicha klinik ordinaturada tahsil olgan. 2020-yil 4-sentabrdan 2021-yil 6-sentabrgacha institutning “Gistologiya va patologik anatomiya” kafedrasida stajyor-o‘qituvchi, 2021-yil 6-sentabrdan hozirgacha esa “Patologiya asoslari” kafedrasida stajyor-o‘qituvchi sifatida faoliyat yuritmoqda.


Yusupov Baxtiyor Lutfidin o‘g‘li
Kafedra assistenti (katta o‘qituvchi)

 2011–2018-yillarda Toshkent tibbiyot akademiyasining “Davolash ishi” fakultetini tamomlagan. 2018–2020-yillarda Andijon davlat tibbiyot institutida “Sud tibbiyoti eksperti” mutaxassisligi bo‘yicha magistraturani tugatgan. Mehnat faoliyatini 2018-yilda Farg‘ona viloyati Quva tumani tuman tibbiyot birlashmasiga qarashli M. Obidov QVPda umumiy amaliyot shifokori (UASh) sifatida boshlagan. 2018-yil may oyidan Quva tumani tez tibbiy yordam bo‘limida navbatchi shifokor lavozimida faoliyat yuritgan. 2020-yil may–avgust oylarida tuman tug‘ruqxona kompleksida patologoanatom lavozimida ishlagan. 2021-yil fevral oyidan Farg‘ona viloyati patologik anatomiya byurosida tashqi o‘rindosh patologoanatom sifatida faoliyat olib bormoqda. 2020-yil 15-dekabrdan Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot institutining “Patologik fiziologiya va patologik anatomiya” yo‘nalishida kafedra faoliyatiga jalb etilgan. 2021-yil 4-sentabrdan hozirgacha institutning “Patologiya asoslari” kafedrasida assistent lavozimida ishlamoqda. Hozirda Yusupov B.L. institutda “Patologik anatomiya” fanidan ma’ruza va amaliy mashg‘ulotlarni olib boradi. Ilmiy-tadqiqot ishlarida faol qatnashib, respublika va xalqaro nashrlarda, shuningdek onlayn konferensiyalarda maqola va tezislar bilan ishtirok etib kelmoqda.


Yusupova Gulnara Karimovna
 kafedra assistenti
Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti Patologik fiziologiya va patologik anatomiya kafedrasida o‘qituvchi 

Kafedraning ilmiy-tadqiqot ishlari

Kafedraning ilmiy-tadqiqot ishlari yosh avlodni mustaqillik g‘oyalariga sadoqat ruhida tarbiyalash, yoshlarning huquqiy madaniyatini shakllantirish, zamonaviy tibbiyot fanining dolzarb (jumladan falsafiy) muammolarini o‘rganish hamda O‘zbekiston davlatchiligi tarixining turli jihatlarini tadqiq etishga qaratilgan. Patologik fiziologiya va patologik anatomiya kafedrasida kafedra mudiri boshchiligida ilmiy-tadqiqot ishlariga alohida e’tibor qaratiladi. Kafedra xodimlari muntazam ilmiy izlanishlar olib borib, o‘z bilim va salohiyatini oshirib boradilar. 

So‘nggi 5 yil davomida kafedra xodimlari tomonidan 350 dan ortiq ilmiy ishlar chop etilgan. Jumladan, 6 ta o‘quv qo‘llanma, 2 ta monografiya, 10 ta elektron dastur hamda yetakchi respublika va xalqaro jurnallarda 200 dan ortiq ilmiy maqolalar nashr qilingan. Shuningdek, 10 ga yaqin o‘quv-uslubiy qo‘llanma va uslubiy tavsiyanomalar tayyorlanib, tibbiyot ta’lim muassasalari talabalari uchun qo‘shimcha adabiyot sifatida keng foydalanilmoqda. Kafedra xodimlari respublika va xalqaro miqyosdagi anjumanlar hamda konferensiyalarda ma’ruza va tezislar bilan muntazam ishtirok etib kelmoqda. 

Kafedrada nafaqat xodimlar, balki talabalarning ham ilmiy faoliyatiga katta ahamiyat beriladi. Professor-o‘qituvchilar rahbarligida talabalar respublika va xalqaro jurnallarda maqolalar chop ettirib, nufuzli konferensiya va anjumanlarda faol qatnashmoqda. Kafedraning iqtidorli talabalari O‘zbekiston Respublikasi fan olimpiadalarida ishtirok etib, sovrinli o‘rinlarni egallab kelmoqda.


Kafedraning ma’naviy-ma’rifiy ishlari

Yosh avlodga g‘amxo‘rlik qilish, sog‘lom va barkamol shaxsni tarbiyalash o‘zbek xalqining milliy qadriyatlari va hayot falsafasining muhim jihatlaridan biridir. Shu bois Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti “Patologik fiziologiya va patologik anatomiya” kafedrasida ma’naviy-ma’rifiy ishlar kafedra faoliyatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Kafedrada ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar tasdiqlangan yillik reja asosida muntazam va tizimli ravishda tashkil etiladi. Professor-o‘qituvchilar tomonidan talabalarga odob-axloq qoidalari, jamiyatda kiyinish madaniyati, zararli odatlarning (chekish va spirtli ichimliklar iste’moli) salbiy oqibatlari haqida doimiy ma’rifiy suhbatlar olib boriladi. Shuningdek, talabalarda Vatanga sadoqat, vatanparvarlik va fuqarolik mas’uliyati tuyg‘ularini shakllantirishga alohida e’tibor qaratiladi.

Ma’naviy-ma’rifiy faoliyatning asosiy vazifalari: Prezident Sh.M. Mirziyoyev asarlari va ma’ruzalari, Oliy Majlis hamda Vazirlar Mahkamasining farmon va qarorlarini o‘rganish; yoshlarning ma’naviy dunyoqarashini shakllantirish, ularni vatanparvarlik, insonparvarlik va ezgulik ruhida tarbiyalash; talabalarda sog‘lom turmush tarzi falsafasini qaror toptirish; siyosiy va huquqiy madaniyatni oshirish; mamlakatda va dunyoda ro‘y berayotgan ijtimoiy, siyosiy, ilmiy hamda madaniy voqealar haqida talabalarni o‘z vaqtida xabardor qilib borish; kafedra yo‘nalishiga mos to‘garaklar va ijtimoiy loyihalar orqali talabalar bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish. 

Prezident tashabbuslari va dolzarb mavzular doirasidagi ishlar Institutning Ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi topshiriqlariga muvofiq kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan quyidagi mavzularda targ‘ibot-tashviqot ishlari olib boriladi:
“O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Murojaatnomasi”;
“Yomon odatlarga qarshi kurashish”;
“COVID-19 va profilaktika choralari”.
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari hamda “Yoshlar uchun beshta muhim tashabbus” doirasida ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar izchil davom ettiriladi.

Sog‘lom turmush tarzi va jismoniy madaniyat

Talabalarga sog‘lom turmush tarzining afzalliklari haqida muntazam ma’lumotlar berib boriladi. Zarurat tug‘ilganda kafedrada tahsil olayotgan talabalar yuqori malakali mutaxassislar tomonidan tibbiy maslahat va yordam bilan ta’minlanadi.
Jumladan:
  • Butunjahon OITSga qarshi kurash kuni munosabati bilan o‘tkazilgan tadbirlarda kasallikning yuqish yo‘llari, belgilari va asoratlari bo‘yicha tushuntirishlar berildi;
  • “Sog‘lom tanda — sog‘ aql” tamoyili asosida sport bilan shug‘ullanishning ahamiyati targ‘ib qilindi;
  • talabalar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini qo‘llab-quvvatlovchi amaliy tavsiyalar ishlab chiqildi.

    Klinik fikrlashga doir video darslar 

Video darslarni ko'rish uchun mavzuni tanlab ustiga bosing.