Virtual qabulxona

+998 95 044-23-45 +998 95 048-23-45

info@fjsti.uz fmioz@mail.ru

ish vaqti:

Dush-Shan,9:00-17:00

Matbuot kotibi

Bosh sahifa

Matbuot kotibi

person

Matbuot xizmati boshlig'i

Normuhammadov Shokirjon Xursandjon o'g'li

Qabul vaqti:
 

Dushanba-Shanba-08:30-16:30

Telefon:
 

+998900980897

Elektron pochta:
 

fmioz@mail.ru

Matbuot kotibi

Matbuot xizmati haqida

Matbuot hizmati Farg'ona jamoat salomatligi tibbiyot institutining mustaqil tarkibiy bo‘linmasi hisoblanadi va bevosita institut rektoriga bo‘ysunadi. Matbuot kotibi o‘z faoliyati O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, “Davlat hokimiyati organlarlari ochiqligi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga va O‘zbekiston Respublikasining boshqa qonunlariga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga amal qiladi. Matbuot kotibi o‘z faoliyatini Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, institutning tarkibiy bo‘linmalari hamda boshqa davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining tegishli xizmatlari bilan o‘zaro yaqin hamkorlikda amalga oshiradi.

 
Matbuot kotibining vazifalari:
  • - Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Sog'liqni saqlash vazirligi va institut  rahbariyati tomonidan zamonaviy talablarga muvofiq belgilanadigan axborot siyosatini shakllantirish va amalga oshirishda ishtirok etish;
  • - axborot sohasidagi yagona davlat siyosatini amalga oshirish borasida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Sog'liqni saqlash vazirligi axborot xizmatlari hamda davlat va jamoat tashkilotlarining axborot xizmatlari bilan samarali va amaliy hamkorlikni ta’minlash;
  • - keng jamoatchilikni institut faoliyati, uning sohaga doir normativ-huquqiy hujjatlari to‘g‘risida xolisona, sifatli va tezkor xabardor qilish;
  • - ommaviy axborot vositalari bilan hamkorlik qilish, doimiy hamkorlikda ishlaydigan jurnalistlar doirasini shakllantirish, axborot xabarlarini tarqatish, institutda ommaviy tadbirlarni tashkil etish;
  • - institutning rasmiy veb-saytida axborotni tezkorlik bilan joylashtirish va o‘z vaqtida yangilab borish, Internet tarmog‘idagi veb-resurslarni, shu jumladan, ijtimoiy va mobil tarmoqlarni rivojlantirish;
  • Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Sog'liqni saqlash vazirligi axborot xizmatlari hamda institut tarkibidagi bo‘limlardagi belgilangan xodimlar bilan birgalikda milliy va xorijiy OAVda tarqatish uchun xabar, axborot-ma’lumot materiallar, sharhlar va axborot-tahliliy materiallar tayyorlash;
  • institut faoliyatiga nisbatan jamoatchilik fikrining holati hamda OAV pozitsiyasini tahlil qilish va ular to‘g‘risida institut rektoriga axborot berish;
  • institutning faoliyat sohasiga aloqador matnli, foto, audio va videomateriallar ma’lumotlar bankini shakllantirish va yuritish.