Virtual qabulxona

+998 95 062-23-45 +998 95 063-23-45

info@fjsti.uz fmioz@mail.ru

ish vaqti:

Dush-Shan,9:00-17:00

Yangiliklar

Bosh sahifa

Yangiliklar

“Workshop” formatidagi amaliy seminar va mahorat darsi tashkil etildi

2025–2026-o‘quv yilida Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti Pediatriya fakulteti Farmatsiya yo‘nalishi bitiruvchi bosqich talabalari uchun amaliy ko‘nikmalarni mustahkamlash hamda ularni kasbiy faoliyatga puxta tayyorlash maqsadida “Workshop” formatidagi amaliy seminar va mahorat darsi tashkil etildi.

Mazkur tadbir davomida talabalarga farmatsevtika sohasida zarur bo‘lgan zamonaviy amaliy yondashuvlar, kasbiy kompetensiyalar hamda ish jarayonida uchraydigan holatlar bo‘yicha nazariy va amaliy tavsiyalar berildi. Seminar interaktiv mashg‘ulotlar, tajriba almashish va amaliy topshiriqlar asosida olib borildi.