Virtual qabulxona

+998 95 044-23-45 +998 95 048-23-45

info@fjsti.uz fmioz@mail.ru

ish vaqti:

Dush-Shan,9:00-17:00

Yangiliklar

Bosh sahifa

Yangiliklar

“To‘maris izdoshlari” sport musobaqasi

Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot institutida yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini qaror toptirish, jismoniy faollikni keng targ‘ib etish hamda sport orqali jamoaviylik muhitini mustahkamlashga qaratilgan “To‘maris izdoshlari” sport musobaqasi yuqori saviyada tashkil etildi.

Mazkur sport tadbiri O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli qarorlari hamda yoshlar siyosati doirasida belgilangan ustuvor vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida o‘tkazildi. Musobaqa davomida talaba-yoshlarning sportga bo‘lgan qiziqishini oshirish, ularning jismoniy tayyorgarligini mustahkamlash va sog‘lom raqobat muhitini shakllantirishga alohida e’tibor qaratildi.

Bellashuvlar Davolash ishi fakulteti talabalari o‘rtasida voleybol, estafeta, nishonga olish hamda velomarafon yo‘nalishlarida tashkil etilib, har bir bosqich keskin va murosasiz kurashlarga boy tarzda o‘tdi. Ishtirokchilar o‘zlarining jismoniy imkoniyatlari, chidamliligi va jamoa bilan ishlash ko‘nikmalarini namoyon etdilar.

Musobaqa yakunlariga ko‘ra, eng yuqori natijalarni qayd etgan jamoalar munosib rag‘batlantirildi. Umumjamoa hisobida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan “To‘maris” jamoasiga birinchi bor topshirilayotgan ko‘chma kubok tantanali ravishda taqdim etildi.