Texnikum bitiruvchilari qabul boshlandi!
Texnikum bitiruvchilari diqqatiga: OTMga qabul boshlandi!
2026-yil 5-iyuldan boshlab texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarni oliy ta’lim tashkilotlarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga suhbat asosida 2-kursdan o‘qishga qabul qilish jarayoni boshlandi.
Arizalar 25-iyulga qadar (shu kuni ham) my.edu.uz platformasi orqali onlayn qabul qilinadi.
Ro‘yxatdan o‘tishda texnikum diplomi asl nusxasini taqdim etish talab etilmaydi. Faqat shaxsni tasdiqlovchi ma’lumotlarni kiritish kifoya. Qolgan zarur ma’lumotlar axborot tizimi tomonidan avtomatik shakllantiriladi.
Imkoniyatni qo‘ldan boy bermang!
Videoda batafsil ko'ring: Havola


Русский
English