Rektor va yoshalr uchrashuvi
Bugun Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot institutida Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan yo‘lga qo‘yilgan yoshlar bilan ochiq muloqot va muammolarni joyida hal etish tamoyillari asosida navbatdagi uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Institut rektori, professor Akmal Sidikov talaba-yoshlar bilan samimiy suhbatlashib, ularning taklif, tashabbus va g‘oyalarini bevosita tingladi.
Uchrashuv davomida quyidagi masalalar atroflicha muhokama qilindi:
ta’lim sifati va o‘quv jarayonini yanada takomillashtirish;
talabalarning ilmiy izlanishlari hamda startap g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlash;
madaniy-ma’rifiy va ijtimoiy faollikni oshirish;
Institut hamda talabalar turar joyi bilan bog‘liq dolzarb masalalar.

Professor A.Sidikov muloqot jarayonida yoshlarni faol, tashabbuskor va mas’uliyatli bo‘lishga, o‘z ustida izchil ishlashga hamda kelgusida Vatan ravnaqi va jamiyat taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shishga chorladi. Talabalar esa o‘z navbatida o‘qish jarayoni, amaliyot, ilmiy loyihalar va turar joy sharoitlari yuzasidan fikr hamda takliflarini bildirdilar.
Uchrashuvning navbatdagi qismi bugun talabalar turar joyida davom ettiriladi. Institutimiz Prezident tashabbuslari ruhida yoshlarni doimiy qo‘llab-quvvatlash, ularning murojaat va takliflarini e’tiborda tutish hamda intilishlarini rag‘batlantirishga bundan buyon ham alohida e’tibor qaratadi.

Русский
English