Virtual qabulxona

+99873243-06-62

fmioz@mail.ru

ish vaqti:

Dush-Shan,9:00-17:00

Yangiliklar

Bosh sahifa

Yangiliklar

Milliy qadriyatlar – yoshlar nigohida

Beshariq tumanida bo'lib o'tgan “Milliy qadriyatlar – yoshlar nigohida” mavzusidagi yoshlar festivalida oliygohimiz mas'ullari ham ishtirok etdi. Tadbirda so‘zga chiqqan oliygohimizning Birinchi prorektori Ulugʻbek Saliyev hamda bir qator mehmonlar mamlakatimizda yosh avlodning ijodiy va badiiy qobiliyatlarini rivojlantirish, iste’dodlarini yuzaga chiqarish hamda bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etishga alohida e’tibor qaratilayotganini ta’kidladilar. Saylda ishtirokchilar tomonidan milliy an’ana, urf-odatlarimizga xos, xalq o‘yinlari va turli tanlovlar tashkil etildi. Barcha viloyatlarning milliy taomlari, tasviriy san’at, liboslar dizayni, munchoqli bezak, badiiy to‘qish, do‘ppido‘zlik, kulolchilik va  yumshoq o‘yinchoqlar, qo‘g‘irchoqlar, yog‘och o‘ymakorligi kabi yo‘nalishlarda ko‘rgazmalar uyushtirildi.