Is Gazidan - ogoh bo‘ling

Hurmatli professor-o‘qituvchilar va talabalar!
Suratlarda aholi yashash xonadonlarida tabiiy gazda ishlovchi ikki konturli suv isitish qozonlarining xavfsizlik talablariga zid tarzda o‘rnatilgan holatlari aks etgan. Bunday noto‘g‘ri o‘rnatish nafaqat texnik reglamentlarga mos kelmaydi, balki inson hayoti uchun yuqori darajada xavf tug‘diradi.
So‘nggi yillar davomida Farg‘ona shahrida shunday holatlar tufayli bir qator fuqarolarning is (CO) gazidan zaharlanishi va hatto hayotdan ko‘z yumishi kuzatilgan. Is gazi rangsiz, hidsiz va tez ta’sir qiluvchi modda bo‘lib, uning yopiq xonada to‘planishi o‘ta xavflidir.
Shu munosabat bilan Farg‘ona shahar Favqulodda vaziyatlar bo‘limi aholiga quyidagi tavsiyalarni eslatib o‘tadi:
1. Isitish moslamalarining texnik xavfsizligini ta'minlash
-
Suv isitish qozonlarini faqat malakali mutaxassislar tomonidan o‘rnatish zarur.
-
Qozon o‘rnatilgan xonada yetarli shamollatish bo‘lishi shart.
-
Qurilma va tutun tortish tizimlarining (dudbo‘ron) yiliga kamida bir marta texnik ko‘rikdan o‘tkazilishi tavsiya etiladi.
2. Dudbo‘ron va ventilyatsiya tizimlarining sozligi
-
Dudbo‘ronning tortish kuchi zaiflashsa, is gazi xonaga qaytib kiradi.
-
Ventilyatsiya panjarlari yopilmasligi, qo‘shimcha qurilmalar bilan bekilmasligi lozim.
3. Xavfli holatlar aniqlansa
Agar siz yashayotgan yoki ijara xonadonda yuqoridagi kabi xavfli o‘rnatish holatlarini ko‘rsangiz:
-
“101” – Favqulodda vaziyatlar bo‘limiga
-
“104” – Gaz xizmatiga
darhol xabar bering.

Is gazi (karbon monoksid, CO) — to‘liq yonmagan gaz, ko‘mir, yog‘och, benzin yoki boshqa organik yoqilg‘ilar natijasida hosil bo‘ladigan rangsiz, hidsiz, ta’msiz va juda zaharli gaz.
Is gazining xavfli xususiyatlari:
-
Gemoglobin bilan 240 barobar tez birikadi, natijada qon kislorod tashiy olmay qoladi.
-
Organizmda kislorod yetishmovchiligi (gipoksiya) rivojlanadi.
-
Miya, yurak, o‘pka eng tez zararlanadigan organlar hisoblanadi.
-
Is gazidan zaharlanish belgilari:
-
Bosh og‘rishi, bosh aylanishi
-
Ko‘ngil aynishi, qusish
-
Qisqa vaqt ichida yuqori konsentratsiya bilan nafas olish — bir necha daqiqada o‘limga olib kelishi mumkin.
Is gazidan himoyalanish choralari:
-
Xonalarni muntazam shamollatish
-
Dudbo‘ronni har faslda tekshirtirish
-
Gaz qozonlarini yotoqxonaga o‘rnatmaslik
-
CO detektor (is gazi signalizatori) o‘rnatish
-
Kombi qozonni maxsus ajratilgan, ventilyatsiyasi kuchli xonaga joylashtirish
- Holsizlanish
-
Nafas qisishi
-
Hushdan ketish

Русский
English