Virtual qabulxona

+998 95 044-23-45 +998 95 048-23-45

info@fjsti.uz fmioz@mail.ru

ish vaqti:

Dush-Shan,9:00-17:00

Yangiliklar

Bosh sahifa

Yangiliklar

Harbiy tibbiyot institutiga qabul

Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot institutida Harbiy tibbiyot institutiga o‘qishga taklif etish bo‘yicha targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi
      Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot institutida O‘zbekiston Respublikasi Harbiy xavfsizlik va mudofaa universiteti Harbiy tibbiyot instituti vakillari ishtirokida Davolash ishi fakulteti 5-bosqich talabalari orasidan Harbiy tibbiyot institutida tahsil olishga taklif etish bo‘yicha targ‘ibot-tadbir bo‘lib o‘tdi. Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Harbiy xavfsizlik va mudofaa universiteti Harbiy tibbiyot institutining Qo‘shinlar tibbiy ta’minotini tashkillashtirish kafedrasi boshlig‘i, tibbiy xizmat polkovnigi, PhD Xalimov Bobokalon Xaydarqulovich hamda Jangovar jarrohlik patologiyasi kafedrasi boshlig‘i, tibbiy xizmat podpolkovnigi, PhD Abdusamatov Jamoliddin Muxiddinovich ishtirok etdi. Shuningdek, Harbiy tibbiyot instituti kursantlari Umarov Shohrux Sanjar o‘g‘li va Ro‘zimboyev Quvonchbek Ulug‘bek o‘g‘li talabalar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi.
 Tadbirni Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori, PhD, dotsent Boltaboyev Ulug‘bek Abdusalomovich ochib berdi va yig‘ilish maqsadi hamda mehmonlar bilan tanishtirish ishlarini amalga oshirdi. Tadbir doirasida Harbiy tibbiyot instituti haqidagi videoroliklar namoyish etildi, targ‘ibot bukletlari tarqatildi va institutdagi ta’lim jarayoni hamda kursantlarga yaratilgan shart-sharoitlar bo‘yicha taqdimot taqdim etildi. Qatnashchilarga harbiy xizmatchilar uchun mavjud imtiyozlar, o‘qish va xizmat sharoiti, shuningdek, qabul jarayonlari bo‘yicha tushuntirishlar berildi. Farg‘ona shahar mudofaa ishlari bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari O‘roqov Valijon Olimovich Harbiy tibbiyot institutiga kirish uchun hujjatlarni rasmiylashtirish talablari va tartibi haqida batafsil ma’lumot berdi, talabalar savollariga javob qaytardi.

Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti Davolash ishi fakulteti o‘quv ishlari bo‘yicha dekan o‘rinbosari Raimov Alisher Xoldorovich 2025-yilda Harbiy tibbiyot institutida o‘qish istagini bildirgan talabalar soni 2024-yilga nisbatan ortganini ta’kidladi. Tadbir yakunida o‘qish istagini bildirgan talabalarning dastlabki ro‘yxati shakllantirildi hamda tashkiliy masalalarda amaliy yordam ko‘rsatish bo‘yicha kelishuvga erishildi.