Virtual qabulxona

+998 95 062-23-45 +998 95 063-23-45

info@fjsti.uz fmioz@mail.ru

ish vaqti:

Dush-Shan,9:00-17:00

Yangiliklar

Bosh sahifa

Yangiliklar

Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot institutida bitiruvchilarning tantanali diplom topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot institutining 2025–2026-o‘quv yili bitiruvchilariga bag‘ishlangan tantanali diplom topshirish marosimi Farg‘ona shahridagi “Eco shahar” majmuasida yuqori saviyada tashkil etildi.
Mazkur tantanali tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining tibbiyot tizimini rivojlantirish bo‘linmasi loyiha koordinatori Shohrux Shoturg‘unovich Shorahmedov, Farg‘ona viloyati hokimining o‘rinbosari Sherzodjon Polvonov, Farg‘ona shahar hokimi Vosiljon Nazarov, Farg‘ona shahar prokurori, viloyatdagi hamkor tashkilotlar vakillari, professor-o‘qituvchilar, ota-onalar, keng jamoatchilik hamda institut jamoasi ishtirok etdi.


Tadbir avvalida so‘zga chiqqan mehmonlar mamlakatimizda tibbiyot sohasini rivojlantirish, malakali va zamonaviy bilimlarga ega kadrlarni tayyorlash borasida amalga oshirilayotgan islohotlar haqida to‘xtalib, bitiruvchilarni hayotlaridagi muhim bosqich – oliy ta’limni muvaffaqiyatli tamomlaganliklari bilan samimiy tabrikladilar. Ular yosh shifokorlarga kelgusidagi faoliyatlarida xalq salomatligini asrash yo‘lida fidoyilik bilan xizmat qilish, kasbiy mahoratini muntazam oshirib borish va Vatanga sadoqat bilan mehnat qilish tilaklarini bildirdilar.
Marosimning eng hayajonli lahzalaridan biri bitiruvchilarga diplomlarni tantanali ravishda topshirish jarayoni bo‘ldi. Bitiruvchilar o‘z ustozlari va ota-onalari bag‘rida quvonchli onlarni boshdan kechirdilar.Joriy yilda institutning 4 ta fakulteti bakalavriat bosqichini jami 568 nafar, magistratura bosqichini esa 28 nafar talaba muvaffaqiyatli tamomladi. Endilikda ular yurtimiz sog‘liqni saqlash tizimida faoliyat olib boradigan malakali mutaxassislar safini to‘ldiradilar.

Tadbir yakunida taniqli san’atkorlar ijrosidagi kuy-qo‘shiqlar, badiiy chiqishlar hamda bayramona dastur bitiruvchilar va mehmonlarga ko‘tarinki kayfiyat ulashdi.
Bitiruv marosimi yosh mutaxassislarning kelgusi faoliyatiga ulkan ishonch, ezgu tilaklar va unutilmas taassurotlar bilan yakunlandi.