Virtual qabulxona

+998 95 044-23-45 +998 95 048-23-45

info@fjsti.uz fmioz@mail.ru

ish vaqti:

Dush-Shan,9:00-17:00

Yangiliklar

Bosh sahifa

Yangiliklar

Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti delegatsiyasining BAAdagi Gulf Medical University va Thumbay Healthcare Campusiga ilmiy-amaliy tashrifi

Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti rektori, professor A. Sidikov boshchiligidagi delegatsiya Birlashgan Arab Amirliklarining yetakchi tibbiy ta’lim va sog‘liqni saqlash klasteri — Gulf Medical University (GMU) hamda Thumbay Healthcare Campusning faoliyati bilan yaqindan tanishish maqsadida ilmiy-amaliy tashrif amalga oshirdi.

Tashrif davomida delegatsiya GMU tomonidan joriy etilgan zamonaviy raqamli ta’lim ekotizimi, xususan, sun’iy intellektga asoslangan “Learn AI” markazi, klinik simulyatsiya bloklari va yangi o‘quv-laboratoriya komplekslari faoliyati bilan tanishdi. Mazkur tizim klinik fikrlashni rivojlantirish, tibbiy holatlarni modellashtirish, diagnostik qarorlar qabul qilish hamda ma’lumotlarni tahlil qilish jarayonlarini avtomatlashtirishga qaratilgan bo‘lib, xalqaro tibbiy ta’lim standarti uchun innovatsion yondashuv sifatida e’tirof etiladi.

Delegatsiya GMUning Intensive Care Unit (ICU), Life Support Skills Lab, Networking Hub, Debriefing Room kabi klinik-amaliy bo‘limlari bilan ham tanishdi. Ushbu markazlar talabalarda real klinik vaziyatlarni modellashtirish, amaliy klinik ko‘nikmalarni mustahkamlash, shuningdek, OSCE (Objective Structured Clinical Examination) formatidagi baholashni samarali joriy etishda muhim o‘rin tutadi.

Uchrashuvlar davomida GMU rahbariyati ikki tomonlama hamkorlikni kengaytirish, qo‘shma ta’lim dasturlari yaratish, professor-o‘qituvchilar va talabalar almashinuvini yo‘lga qo‘yish, simulyatsion treninglar tashkil etish hamda sun’iy intellekt asosida ishlab chiqilgan o‘quv platformalarini integratsiya qilish bo‘yicha takliflar bildirdi.

Mazkur tashrif Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot institutida innovatsion ta’lim texnologiyalarini keng joriy etish, xalqaro tibbiy ta’lim tajribasini amaliyotga tatbiq etish, shuningdek, talabalarning klinik kompetensiyalarini zamonaviy talablarga mos ravishda rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.


Thumbay Healthcare Campus haqida qisqacha ma’lumot

Thumbay Healthcare Campus — Birlashgan Arab Amirliklaridagi yirik xususiy tibbiy-klinika va ta’lim klasteri bo‘lib, “Thumbay Group” tomonidan boshqariladi. Kampus quyidagi faoliyat yo‘nalishlari bilan ajralib turadi:

Thumbay University Hospital — mintaqadagi eng yirik akademik shifoxonalardan biri;


Thumbay Dental Hospital — stomatologiya bo‘yicha ixtisoslashgan klinik muassasa;


Thumbay Physical Therapy & Rehabilitation Center — reabilitatsiya bo‘yicha yirik markaz;


Academic Simulation Center — Turkiya, BAA va Yevropa standartlariga mos klinik simulyatsiya majmuasi;


AI va Medical Innovation bo‘linmalaritibbiyotda sun’iy intellekt va raqamli texnologiyalarni joriy etuvchi ilmiy-laboratoriya bloklari. 

Thumbay Healthcare Campus mintaqadagi tibbiy ta’lim, klinik tadqiqot, innovatsion diagnostika va ilg‘or simulyatsion treninglar bo‘yicha yetakchi klasterlardan biri hisoblanadi. U GMU bilan integratsiyalashgan holda ishlaydi va xalqaro tibbiy ta’lim tizimida muhim ilmiy hamkorlik markazi sifatida tan olingan.