Virtual qabulxona

+998 95 044-23-45 +998 95 048-23-45

info@fjsti.uz fmioz@mail.ru

ish vaqti:

Dush-Shan,9:00-17:00

Yangiliklar

Bosh sahifa

Yangiliklar

“Ekologiya va salomatlik” seminari tashkil etildi

Institut talaba-yoshlari o‘rtasida ekologik madaniyatni shakllantirish, atrof-muhitni asrashga mas’uliyatli munosabatni kuchaytirish hamda yashil tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida “Eko faol yoshlar” loyihasi doirasida “Ekologiya va salomatlik” mavzusida seminar tashkil etildi.

Mazkur seminarda Davolash ishi fakulteti talabalari hamda guruh tyutorlari faol ishtirok etdilar....

Seminar davomida ekologik muammolarning inson salomatligiga ta’siri, atrof-muhitni muhofaza qilish, chiqindilarni kamaytirish, yashil hududlarni kengaytirish hamda sog‘lom turmush tarzini shakllantirish kabi dolzarb masalalar muhokama qilindi.

Tadbirda talabalarga ekologik madaniyatni yuksaltirish, tabiatga ehtiyotkorona munosabatda bo‘lish hamda kundalik hayotda ekologik mas’uliyatni oshirish bo‘yicha tushunchalar berildi.


Mazkur seminar talaba-yoshlarning ekologik bilimlarini boyitish, ularni atrof-muhitni asrashga faol jalb etish hamda sog‘lom va yashil kelajak sari mas’uliyatli yondashuvni shakllantiradi.