Bitiruvchi talabalar uchun “Workshop” hamda “Karyera kunlari”
Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot institutida bitiruvchi talabalar uchun “Workshop” hamda “Karyera kunlari” doirasida navbatdagi amaliy tadbir tashkil etildi.
Tadbir institutning Davolash ishi, Tibbiy profilaktika va jamoat salomatligi hamda Pediatriya fakultetlari bitiruvchi talabalari ishtirokida o‘tkazildi.
Unda soha mutaxassislari, ish beruvchi tashkilotlar vakillari hamda Milliy bank xodimlari ishtirok etib, talabalar bilan ochiq muloqot olib bordilar.
Workshop davomida zamonaviy tibbiyot uskunalari, amaliy diagnostika va davolash usullari, profilaktik tibbiyotning dolzarb yo‘nalishlari hamda integrativ yondashuvlar bo‘yicha nazariy va amaliy mashg‘ulotlar tashkil etildi.



Shuningdek, malakali tibbiyot mutaxassislari tomonidan real klinik holatlar asosida tahliliy muhokamalar olib borilib, talabalarning amaliy bilim va ko‘nikmalarini mustahkamlashga alohida e’tibor qaratildi.
“Karyera kunlari” va mehnat yarmarkalari bitiruvchi yoshlarning bandligini ta’minlash, ularni kelgusidagi ish faoliyatiga tayyorlash hamda ish beruvchilar bilan samarali hamkorlikni yo‘lga qo‘yishda muhim platforma bo‘lib xizmat qilmoqda.



Русский
English