Virtual qabulxona

+99873243-06-62

fmioz@mail.ru

ish vaqti:

Dush-Shan,9:00-17:00

Yangiliklar

Bosh sahifa

Yangiliklar

Jismoniy tayyorgarlik darajasi

Sport sinovlarini qabul qilish jarayonining ochilish marosimi fonida taqdirlash marosimi ham oʻtkazildi. Joriy yilning 22-aprel kunidan boshlab Oliy ta'lim muassasalarining 18-29 yoshdagi talabalaridan "Jismoniy tayyorgarlik darajasi" sport sinovlarini qabul qilish jarayonlari boshlandi. Oliygohimizda ham ushbu sinovlarning ochilish marosimi bilan bir qatorda mini futbol bo'yicha o'tkazilgan Davolash ishi fakulteti dekani kubogi g'oliblari hamda futbol bo'yicha xodimlarimiz o'rtasida tashkillangan FJSTI Kasaba uyushmasi qoʻmitasi kubogi o'yinlari ishtirokchilari taqdirlandi. Ma'lumot uchun, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 16-iyundagi PQ-5148-son qaroriga muvofiq yuqoridagi sport sinovlari mamlakatimizdagi 7-18 yoshdagi umumiy o'rta ta'lim maktablari o'quvchilaridan va 18-29 yoshdagi oliy ta'lim muassasalari talabalardan qabul qilinmoqda.